Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon 
«Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud XI asrdan boshlab arab va 
fors manbalarida tilga olinadi. Bu atama - Sirdaryoning yuqori oqimi va 
Tyanshanning g’arbidan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho`zilgan 
dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va 
g’arbiy qismlarga ajratib turgan.
Bu hududlar rus manbalarida «Poloveslar eri» deb qayd etilgan, chunki 
ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida 
ular kumanlar, sharq manbalarida qipchoqlar deyilgan. Dashti Qipchoqning 
sharqiy qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan. 
SHarqiy Dashti Qipchoqni Jo`jining beshinchi o`g’li Shaybon naslidan 
bo`lgan Abulxayrxon (1412-1468) egallab, 1428 yil davlatga asos soldi. Bu davlat 
«O`zbek ulusi» (XV asr 20-yillarida, o`zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. U 
dastlab temuriylarga rasman qaram bo`lgan Xorazmga hujm qiladi. Abulxayrxon 
1446 yil Sirdaryo o`rta oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo`rg’on, Arquq, O`zgan 
va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Poytaxtini Turadan Sig’noqqa ko`chirdi. Bu 
temuriylarga qashi kurashga kirganligining tasdig’i edi. 
Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon bu 
vaziyatdan foydalandi. 1451 yil undan yordam so`ragan temuriy Abu Saidga 
Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. 
Abulxayrxon yordami evaziga katta o`ljalar bilan o`z yurtiga qaytadi. Abu Said 
Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotnlikka beradi. 
Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashib 
Movarounnahrda borgan sari o`z nufuzining ortishiga erisha olgan. Abulxayrxon 
1468 yil vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi.


141 
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning nabirasi bo`lib, uning 
SHohbudog’ Sulton ismli o`g’lining farzandi edi. Shohbudog’ning ikki o`g’li 
bo`lgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451 
yil tug’ilgan. Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko`ra go`dakka 2 ta ism: 
islomiy (arab), turkiy ism qo`yish urf bo`lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom 
olgan Shayboniy o`zining ikkinchi nomi (Shayboniy) bilan mashhur bo`lgan. 
«Boburnoma»da Shayboniyning ismi Shoyboqxon deyilgan, bu nom «kuch-
qudrat» degan ma’noni anglatadi.
Yosh etim qolgan Muhammad Shayboniyni otasiga otaliq qilgan amir 
Boyshayx tarbiyalagan. Unga keyinchalik temuriy amirlardan bo`lgan Turkiston va 
O`tror hukmdori Muhammad Mazid Tarxon homiylik qildi. Shayboniy va ukasi 
Turkistonda uzoq yashamadi, keyin aka-uka Buxoroda yashab ilm-fan va 
sheriyatni o`rgandilar. Shayboniy balog’atga etgach ko`nglida bobosi Abulxayrxon 
davlatini tiklash orzusi jo`sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib 
lashkar to`pladi.
Shayboniy bobosi davlatini tiklash yo`lida haraktni o`z qo`shini bilan 
temuriylarga yollanma qo`shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. 
SHayboniyning xizmatidan Mo`g’uliston, Movarounnahr, Xuroson hukmdorlari 
qo`shnilariga va ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar.
Shayboniy turli hukmdorlarga xizmat qilishi tufayli Temuriylar davlatidagi 
vaziyatni bilib oldi. Shayboniy XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon 
davlatini qayta tikladi. Shayboyiy egallagan Sirdaryo bo`ylaridagi qo`rg’onlar 
Movarounnahrni istilo qilishida tayanch vazifasini o`tadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling