Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ilm-fan 
Ilm-fan markazlari. XV asrda Samarqand va Hirotda ijodkorlarning katta 
guruhi to`plandi. Ulug’bek o`tmishdoshlari: Ahmad Farg’oniy, Forobiy, 
Muhammad Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Ularning 
asarlari orqali qadimgi yunon olimlari: Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemey asarlari 
bilan tanishadi. Mirzo Ulug’bek farmoni bilan 1417 yil Buxoroda, 1420 yil 
Samarqandda, 1433 yil G’ijduvonda madrasalar quriladi.


134 
Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musilmon ayol va 
erkakning burchidir» degan xitobnoma yozilgan. Madrasalarda Qur’on, hadis, 
tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari), shuningdek, riyoziyot (matematika), 
handasa (geometriya), ilmi hay’at (astranomiya), tibbiyot, tarix, jo`g’rofiya, ilmi 
aruz (nazm), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy fanlar o`qitilgan. 
Ulug’bek madrasasi. 1420 yil ochilgan Samarqand madrasasi 
zamonasining dorulfunini edi. U 2 qavatli, 50 hujrali bo`lib, har bir hujra 3 xonaga: 
qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonaga bo`lingan. Samarqand madrasasi 
ochilgan kuni birinchi darsni iqtidorli olim, etakchi mudarris SHamsuddin 
Muhammad Havofiy o`qigan, 90 nafar talaba qatnashgan.
Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ulug’bek va uning 
shogirdi Alouddin Ali Qushchi turli fanlardan dars berganlar. Madrasada ilmi 
hay’at (astranomiya)dan Qozizoda Rumiy dars bergan. Madrasasida tolibi ilimlar 
kamida 15-16 yil o`qigan. Fanlarni o`zlashtirib, imtihon topshirganlarga «sanad» 
(shahodatnoma) yozib berilgan.
Ulug’bek rasadxonasi. Mirzo Ulug’bek 1424-1429 yy. Samarqandda 
Obirahmat anhori bo`yida rasodxona qurdirgan, balandligi 31 m. bo`lgan. 
G’iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o`lchov asbobi - sekstant 
o`rnatilgan. U Sharqdagi sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. 
Ulug’bek rasadxona qoshida tashkil etgan kutubxonada 15 ming jild kitob 
saqlangan. Rasadxona tevaragida xujralar, 2 ta chorbog’: Bog’i Maydon va 
CHinnixona barpo etiladi. Rasadxona joylashgan bu mavze «Naqshi jahon» degan 
nom bilan mashhur bo`lgan.
Rasadxonada Mirzo Ulug’bek bilan birga matematik va astranomlardan 
«Aflotuni zamon» deb nomi olgan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid 
Koshoniy, «o`z davrining Ptolmeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi 
tadqiqot olib boradi. Ulug’bek rasadxonasida 1018 qo`zg’almas yulduzning o`rni 
aniqlanib, astranomik jadvali tuziladi.
Ulug’bekning shoh asari «Ziji jadidi Ko`ragoniy» (Ko`ragoniyning yangi 
astranomik jadvali) 2 qismdan: keng muqaddima va 1018 qo`zg’almas yulduzlar 


135 
o`rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Ulug’bekning yil hisobi hozirgi 
hisobdan 1 minut 2 sekundga farq qiladi.
Ulug’bek «Tarixi arba’ ulus» (4 ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa 
ilmiga bag’ishlangan 5 ta risola yozgan. 
Mirzo Ulug’bekning astronomiya maktabi o`z davrining akademiyasi (oliy 
ilmiy tashkilot) edi. Fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Vol’ter (1694-
1778): «Ulug’bek Samarqandda bo`lib Akademiyaga asos soldi, er sharini 
o`lchashga buyurdi va astranomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi» - deb yozgan 
edi.
Xorazmda 1004 yil tashkil etilgan «Donishmandlar uyi» (Ma’mun 
akademiyasi)dan keyingi ikkinchi - «Dor ul-ilm», ya’ni «Samarqand akademiyasi» 
edi.
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida: “Ulug’bekning 
hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo`yilgan tamal 
toshlaridan biri bo`lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental 
fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko`rsatadi” - degan edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling