Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulton Husayn va Navoiy
Parokandalik. Movarounnaxrda 1469-1501 yy. Abu Saidning vorislari:
Sulton Axmad (1469-1494), Sulton Maxmud (1494-1495), Sulton Mahmudning o`g’li Sulton Ali (1498-1500) hukmronlik qilgan. Biroq tarqoqlik avj olib Movarounnahr ko`p viloyatlarga bo`linib ketadi. YUrt boshiga tashvishlar tushganda so`fiy Xoja Ubaydulloh Ahror jonbozlik ko`rsatgan. Hirot hokimi Abulqosim Bobur 1454 yil Samarqandni qamal qilganda Xoja Ahror raqiblarni yarashtirdi. Sulton Husayn va Navoiy. Sulton Husayn Boyqaro Amudaryoning janubidagi erlarga hukmron bo`lib Xuroson, Xorazm, sharqiy va shimoliy Eron viloyatlarini birlashtirgan edi. Sulton Husayn davrida temuriy shahzodalarning boshboshdoqligiga qaramay u Temuriylarning so`nggi yirik hukmdori bo`lib, 40 yil hukmronligi davrida xo`jalik va madaniyat yuksaldi. Xurosonning ravnaq topishida Sulton Husayn bilan birga Alisher Navoiyning ham xizmati katta bo`ldi. Alisher Navoiy 1441 yil Hirotda tug’ilgan, ota-bobosi temuriylar saroyida xizmat 129 qilgan. Husayn va Alisher bir maktabda o`qib, Abulqosim Bobur xizmatida bo`lgan. Abulqosim Bobur vafotidan so`ng Husayn va Alisher 12 yil boshqa-boshqa shaharlarda yashaydi. Husayn avval Xorazmda, so`ng Xurosonning Obivard, Niso, Mashhad viloyatlarida kuch to`plab Abu Saidga qarshi isyonlar ko`taradi. Alisher Navoiy bu yillarda Mashhad va Hirotda o`qiydi, shoir sifatida shuhrat qozonadi. Navoi va Husaynning yaqin munosabati sababli Abu Saidda Navoiyga nisbatan adovat kuchaygach Navoiy Samarqandga ko`chadi. U Samarqandda falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va poetika bilimdoni Fazlulloh Abulays Samarqandiydan saboq oladi. Sulton Husayn 1469 yil Hirotni egallagach, Navoiy dastlab muhrdorlik lavozimiga, keyin vazir etib tayinlaydi. Bosh vazir Navoiyning saroydan, hatto poytaxtdan uzoqlashishiga: suyurg’ol tartibiga asoslangan bu davlatda: 1) viloyat hukmdorlari, hatto valiahdlar Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzo isyonlari. 2) zulm tufayli Hirot va viloyatlarda xalq qo`zg’olonlari ko`tarilishi. 3) saroy ma’murlari fitnasi avj olishi edi. Temuriylar davlati XV asrning 2-yarmidagi beqaror siyosiy vaziyat tufayli inqirozga yuz tutdi. Tayanch so`zlar: Xalil Sulton, Pirmuhammad, Abdullatif, Abu Said, Sulton Axmad, Sulton Maxmud, Sulton Ali, Abulqosim Bobur, Husayn Boyqaro, Badiuzzamon, Muzaffar Husayn, Xoja Ahror. Alisher Navoiy. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling