Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 
 
 


124 
3-§. Temuriylar o`rtasida taxt uchun kurash. 
Ulug’bek - ma’rifatparvar davlat arbobi 
Taxt uchun kurash. Amir Temur 1405 yil 18 fevralda Xitoyga yurishi 
vaqtida O`trorda vafot etgach yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy 
sababi: saltanat tasarrufidagi yurtlar va ellar xilma-xil, uzoq masofalarga 
cho`zilgan bo`lib, ularni yagona markazdan turib boshqarish murakkab edi, 
shuningdek ulardagi muxolifatchi kuchlar ajralish uchun payt kutardi. Saltanatning 
parchalanishida Amir Temurning vorislari o`rtasida taxt uchun uzoq yillar davom 
etgan urushlar ham sabab bo`ldi.
Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib Kobul, Qandahor va Hindiston 
viloyatlari hukmdori, nabirasi Pirmuhammadni tayinlagan edi. Mironshohning 
o`g’li Xalil Sulton Mirzo 1405 yil 18 mart kuni Samarqandni egallab, o`zini 
Movarounnahrning 
oliy 
hukmdori 
deb 
e’lon 
qiladi. 
Xalil 
Sulton 
Pirmuhammadning yo`lini to`sib, uning rejalarini buzish niyatida hatto 
Amudaryoning o`ng tomonidagi erlarni o`z hokimiyatiga qo`shib oladi.
Xalil Sultonga qarshi birinchi bo`lib Turkiston hamda Farg’onaning hokimi 
Amir Xudoydod bilan Shayx Nuriddin isyon ko`taradi. Xalil Sultonning o`z ukasi 
Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o`z hokimiyatini 
o`rnatish niyatida akasiga qarshi bosh ko`taradi. Temur taxtining qonuniy valiahdi 
Pirmuhammad Amudaryodan o`tib Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar 
tortadi.
Xurosonda Shohrux, Balx, G’azna va Qandahorda Pirmuhammad, G’arbiy 
Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o`g’illari Umarshayx va Abu Bakr 
Mirzolar hokimi mutlaq bo`lib oladilar. Sirdaryo shimolidagi viloyatlar: Turkiston, 
Sabron, O`tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O`ratepa bilan 
Farg’onani amir Xudoydod Husayniy egallab oladi. Oltin O`rda amiri Idiku 
Xorazmni bosib oladi.
Pirmuhammad 1407 yil 22 fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar 
qo`lida halok bo`ladi. Mironshoh 1408 yil 22 aprelda Qoraqo`yyunli 


125 
turkmanlarning qabila boshlig’i Qora Yusuf bilan bo`lgan jangda halok bo`ladi. 
Iroq va Ozarbayjon viloyatlari temuriylar qo`lidan ketadi.
Movarounnahrda 1409 yil bahorida vaziyat yanada keskinlashadi. Amir 
Xudoydod O`ratepa va Shohruxiyani qo`lga kiritib, Samarqandga askar tortadi. 
Xalil Sulton 1409 yil Sheroz yaqinida Zarafshon bo`yida Amir Xudoydod bilan 
bo`lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, asirga olinadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling