122
o`zi g’arbga shiddat bilan borayotgan xavfli raqib –
Temurning tazyiqiga duchor
bo`lgan edi. Boyaziddan engilgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari
Temurning Qorabog’dagi o`rdugohiga borib qaror topadilar.
Genuya hokimining Vizantiya va G’alatadagi noibi, Fransiya va Sultoniya
shahrining katolik missionerlari Temurdan yordam so`rab murojaat qiladilar. Ular
buning evaziga harbiy yurish vaqtida
Temurga yordam berish hamda
Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`layotgan bojini endi Temurga to`lashga
va’da qiladilar. Temurga ularning taklifi maqbul tushadi, chunki Turkiyaning
dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun Temurga dengizdan madad zarur edi.
Davlatlararo yozishmalar. Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik
yozishmalar olib borish bilan birga, bo`lajak to`qnashuvda
Trapezund va
Konstantinopol kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda Genuya
va Venesiyaga sovg’a va maktublar bilan elchilar yuboradi. Temur 1402 yil 15
mayda o`zaro yordam to`g’risida Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog nomiga
yo`llagan xat mazmuniga ko`ra, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi
hokimi Boyazidga qarshi kurashda Temurga xizmat
qilish bilan yordam berish
majburiyatini oladi.
Amir Temur bu davrda Karl VI (Fransiya), Genrix IV (Angliya), Genrix III
de Trastamara (Ispaniya) bilan diplomatik aloqa o`rnatadi. Fransiya qiroli Karl VI
Fransiya fuqarolari hisoblangan Genuyaliklarning (Italiya) er va mulklarini,
ayniqsa G’alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Temurdan madad kutar
va diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi.
Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha Temur qirolni
qo`llaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 minglik qo`shini
ustidan qozongan
g’alabadan so`ng Temurning G’arbiy Evropa bilan aloqalari tubdan o`zgaradi.
Temur G’arbiy Evropa bilan munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo
aloqalarini yo`lga qo`yish masalalariga ahamiyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: