2-§. Amir Temur saltanatining ma’muriy va
harbiy tuzilishi. G’arbiy Evropa davlatlari
bilan aloqalar
Saltanat boshqaruvi. Amir Temur davlatining tarkibiy tuzilishi harbiy-
siyosiy tartiblarga asoslanib, davlat boshqaruvi ikki idoradan: Dargoh va Vazirlik
(devon)dan iborat bo`lgan, Dargohni Oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Ijroiya
hokimiyat - Devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda: harbiy vazir,
mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan; shuningdek,
sarhadlar va tobe mamlakatlar boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana 3 vazir
bo`lib, ular devonbegiga hisobat berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida: shayxulislom, qozikalon, sadri a’zam,
dodxoh, muhtasib, muhassil, yasovul, tavochi kabi amaldorlar xizmat qilgan.
Dargohda: bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo`shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar,
tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo`lgan.
Xonsolar – dasturxonchi. Hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini
boshqaruvchi. Bakovul – hukmdorga va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat
qiluvchi harbiy mansabdor, uning zimmasiga lashkarga maosh va oziq-ovqat
taqsimlash ham yuklatilgan. Bitikchilar – xon va mahalliy hokimlarning barcha
yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor.
Suyurg’ol erlar. Amir Temur Movarounnahrdan tashqari, saltanat
tasarrufidagi o`lkalarni suyurg’ol tarzida o`g’il va nabiralari, xizmat ko`rsatgan
amirlarga in’om qilib, ular orqali boshqardi. Mirzo Umar ibn Mironshohga -
Ozarboyjon, G’arbiy Eron, Iroq, Gurjiston va Armanistonni; Pirmuhammad ibn
Umar SHayxga - Forsni; Pirmuhammad Jaxongirga - Mahmud G’aznaviy mulki
Kobul va Qandahordan Sind daryosi havzasi bilan birga Shimoliy Hindistongacha;
Shoxruh Mirzoga - Xuroson, Mozandoron, Ray va Seyistonni; Ulug’bekka -
Toshkent, Sayram, O`tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha; Ibrohim
119
Do'stlaringiz bilan baham: |