Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Temur Movarounnahr Amiri deb e’lon qilindi.
Markazlashgan davlat tuzilishi. Amir Temur 1370 yil iyulda Samarqandda 
qurultoy chaqirdi. Unda SHibirg’on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa 
Movarounnahrning barcha amir va qabila boshliqlari qatnashib, Temur 
hokimiyatini tan oladi. Samarqand poytaxt deb e’lon qilindi. Temur harbiy 
bo`linmalarning boshliqlari etib Ardasher Qavchin, Usmon Abbos, Iskandar A’lam 
Shayx, Joku va Sayfuddin Barloslarni tayinladi. Temur 1370 yil Shiburg’onni 
bo`ysundirdi, Zinda Chashm Temur xizmatiga o`tadi.
Amir Temur sharqiy hududlarni mo`g’ullardan ozod qilish uchun Sharqiy 
Turkiston tomon bir necha marta yurish qildi va Mo`g’uliston xonlariga zarba 
berib Farg’ona vodiysi, O`tror, Yassi (Turkiston), Sayramni o`z tasarrufiga oldi.
Hisor, Badaxshon, Qunduz viloyati amirlari Temur hokimiyatini tan olib, unga 
bo`ysundilar. Temur 1381 yil Hirot, Seyston, Mozandaronni egallab, Saraxs, Jom 
va Qavsiya, Sabzavor shaharlarini jangsiz bo`ysundirgach butun Movarounnahr va 
Xuroson birlashtirildi.
Amir Temur saltanati bilan Oltin O`rda xonligi oralig’ida bu davrga kelib 
mustaqil bo`lib olgan Xorazm davlati qaror topgan edi. Xorazm mo`g’ullar davrida 
ikki qismga ajratilgan bo`lib: 1) markazi Urganch shahri bo`lgan Shimoliy Xorazm 
Oltin O`rdaga. 2) markazi Kat qal’asi bo`lgan Janubiy Xorazm Chig’atoy ulusiga 
bo`ysungan. Oltin O`rdada 14 asr 60-yillari oxirida yuz bergan g’alayonlar vaqtida 
Qo`ng’irot sufilari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini 
tiklab oladilar, so`ngra Kat va Xiva shaharlarini egallab, Shimoliy Xorazm bilan 
Janubiy Xorazmni birlashtiradi.


115 
Amir Temur butun Xorazmni Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb 
hisoblagani uchun Xorazmni qo`shib olish siyosatini tutdi. Temur 1372 yil 
Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi, biroq 5 marta yurishdan so`ng 1388 yil 
Xorazm uzil-kesil bo`ysundirildi. Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni 
birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling