VI-bob. Amir Temur va temuriylar davlati.
1-§. Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi,
uning harbiy yurishlari
Siyosiy tarqoqlik. XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin
mustaqil bekliklarga bo`linib ketadi: Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz,
Balxda O`ljaytu Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo`jandda Amir Boyazid
Jaloir, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o`zlarini
hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda tashkil
topgan Mo`g’iliston xonlari bir necha bor Movarounnahrga yurish qilib, uni
talaydilar. Ularga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Amir Temur (1336-1405) Kesh viloyatidagi Xo`ja Ilg’or qishlog’i
(Yakkabog’ tumani)da 1336 yil 9 aprelda tug’ilgan. Uning to`liq ismi Amir
Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul. Temurning onasi Takina xotun -
Keshning obro`li beka (bek og’o)laridan bo`lgan. Otasi Amir Tarag’ay - barlos
urug’ining oqsoqoli bo`lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida hokimlik qilgan.
Temurni 7 yoshida otasi o`qishga beradi. Temurning piri Shayx Shamsiddin Kulol
bo`lgan. Temur yoshligida chavondazlik, ov, kamondan o`q uzish, ot choptirish va
harbiy o`yinlar bilan mashg’ul bo`lishini yoqtirar edi.
Temurning yoshligidagi do`stlari: Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori
Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek keyinchalik lashkarboshi darajasiga
ko`tarilgan. Temur ilk harbiy faoliyatini qo`l ostidagi navkarlari bilan ayrim
viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Temurni avval 1352 yil Amir Joku
Barlosning qizi Turmush Og’oga uylantiradi. Temur 1355 yil Qazog’onning
nabirasi, Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og’oni nikohiga olishi tufayli Balx
hokimi Amir Husayn va Temur o`rtasida ittifoq yuzaga keladi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |