Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Amir Temurning obodonchilik ishlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand – poytaxt sifatida
- Amir Temur bog’lari
- Dehqonchilik
Amir Temurning obodonchilik ishlari Shahar obodonchiligi. Temur har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani m’morchilik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati bo`lgan. Imoratlarni Hindistondan olib kelingan g’isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning usta-hunarmandlari, mahalliy ustalar bino qildilar. Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag’dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdirdi. Shahrisabzda otasi va o`g’li Jahongirga maqbara, jome masjidi, Oqsaroyni qurdi. Oqsaroy peshtoqiga «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq» degan xitobnoma bitilgan. Turkistonda YAssaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan. Samarqand – poytaxt sifatida Temur davrida qadimgi o`rnidan biroz janubroqda qayta quriladi. Samarqand atrofida 6 ta darvoza: Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Suzangaron va Feruza bunyod etilgan. Samarqand arkida Temurning qarorgohlari Ko`ksaroy va Bo`stonsaroy bino qilindi. Ko`ksaroy 4 qavatli bo`lib, gumbaz va devorlari zangori koshinlar, naqshlar bilan qoplangani uchun shunday nomlangan. Ko`ksaroyga xonlarni taxtga o`tkazish marosimida ishlatiladigan tosh taxt kursi - Ko`ktosh qo`yilgan. Samarqand arkida yana davlat devonxonasi, qurol-yarog’ ustaxonasi va 121 aslahaxona, zarbxona va qamoqxona joylashgan edi. Samarqandda 1403-1404 yy. bo`lgan Ispaniya elchisi Klavixo Temurning binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Shu davrda Shohizindadagi ba’zi maqbaralar, Bibixonim Jome masjidi quriladi. Amir Temur bog’lari. Temur Samarqand atrofida Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Bihisht, Bog’i Baland, Davlatobod, Bog’i Nav, Bog’i Shamol, Bog’i Jahonnamo, Bog’i Maydon kabi chorbog’lar va ularda ko`shklar qurdirdi. Bog’lar tuzilishiga ko`ra 2 turga bo`lingan: 1) har tomoni 1 km. 4 burchak shakldagi chorbog’lar. 2) tabiiy daraxtzor va chakalakzorlarda barpo etilgan ovloqlar, ular shikor (ov) uchun mo`ljallangan. Samarqand shahrining sharq tomonida Bog’i Dilkusho joylashgan. Uning tashqi hovlisidagi saroyda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlisida tug’lar bilan bezatilgan 6 ta fil haykali o`rnatilgan. uchinchi hovli Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi bo`lgan. Temur shu bog’da Klavixoni qabul qilgan. Dehqonchilik maydonlari Zarafshon vodiysida kengaytirildi, o`nlab sug’orish tarmoqlari qurildi, yangi qishloqlar barpo etildi. Temur o`z poytaxti Samarqand atrofidagi yangi qishloqlarni Sharqning Damashq, Misr, Bag’dod, Sultoniya, Sheroz shaharlari nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog’i lozim edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling