Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Elchilik aloqalari. Amir Temur 1402 yil yozida maxsus elchilar orqali
Fransiya va Angliyaga – Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Temur elchilari Parijga 1403 yil mayda etib borib, ikki mamlakat savdogarlari 123 uchun erkin savdoni ta’minlash, agar qirol va gersoglar rozi bo`lsalar bu erkin savdoni bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif qiladilar. Fransiya qiroli Karl VI Amir Temurga 1403 yil 15 iyunda javob maktubini yo`llagan. Unda Temur taklifini Fransiya mamnuniyat bilan qabul qilganligi ma’lum qilinadi. Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan diplomatik munosabatlarida G’arbiy viloyatlar - G’arbiy Eron, Iroq, Ozarboyjon, Armaniston mulklari hokimi Mironshoh faol qatnashdi, u G’arbda Katolik oqimining homiyi sifatida shuhrat qozondi. Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. Dastlab Ispaniya elchilari 1402 yil bahorda Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Temur va Boyazidning kuchi, boyligi va qo`shini sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odati, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to`plash topshiriladi. Temur Ispaniyalik elchilariga qo`shib, o`z vakili Muhammadqozini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403 yil Amir Temur huzuriga ikki marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403 yil 21 mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladi. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404 yil sentyabr-noyabrda Samarqandda bo`ladi. Temurning Xitoyga yurishi munosabati bilan Ispaniya va boshqa davlatlarning elchilari 1404 yil 21 noyabrda Samarqanddan jo`natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406 yil martda qaytib boradi. Klavixoning safar taasurotlari «Buyuk Temur tarixi», «Temur qarorgohi», «Samarqandga sayohat kundaligi» nomi bilan ispan tilida ko`p bor nashr qilinadi. Tayanch so`zlar: tuman, hazora, qo`shun, ayl; tuman og’asi, mirihazora, qo`shunboshi, aylboshi; Suyurg’ol, Ulus, Oqsaroy, Ko`ksaroy, Muhammadqozi, Karl VI, Genrix III de Trastamara, Genrix IV, Klavixo, Ioann VII Paleolog. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling