Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Kebekxon islohotlari. XIV asrning birinchi yarmida Chig’atoy ulusining 
ijtimoiy hayotda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`la boshladi, mo`g’ullarning 
o`troqlikka o`tish jarayoni kuchaydi. Movarounnahr bilan mustahkam aloqa 
o`rnatishga va o`troq hayot kechirishga intilgan Chig’atoy ulusi xoni Kebekxon 
(1318-1326) birinchi bo`lib o`z qarorgohini Movarounnahrga ko`chiradi va 
qadimgi Nasaf shahri yonida saroy qurdiradi. Saroy mo`g’ul tilida «Qarshi» deb 
yuritiladi, Saroy atrofida binolar qurilib Nasaf bilan qo`shilib ketadi va Qarshi deb 
ataldi.
Kebekxon davlatni idora etish va iqtisodni tartibga solish maqsadida 
ma’muriy va pul islohoti o`tkazdi, mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. Kebek 
davrida Erondagi Hulakuiylar davlati va Oltin O`rda xonligining kumush tangalari 
namunasida 2 xil pul zarb etilgan: 1) 8 gr. katta kumush tanga - dinor; 2) 1 gr. 
kichik tanga - dirham deb atalgan. «Kepaki» deb nom olgan bu tangalar Samarqand 
va Buxoroda zarb etilgan. Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi, qadimgi 
Samarqand vayronalari yonida yangi shahar qad ko`taradi.
Er egaligining 4 xil shakli mo`g’ullar davrida O`rta Osiyoda mavjud edi: 
mulki devon - davlat eri, mulki inju - hukmdor va noiblariga qarashli erlar, mulki 
vaqf – masjid va madrasa erlari, mulk - xususiy erlar. Mulklarning kattagina qismi 
harbiy ma’murlarga xizmatlari uchun xadya qilingan erlar bo`lib, ular suyurg’ol 
erlari deyilib, barcha soliq va to`lovlardan ozod etilgan va avloddan avlodga meros 
tariqasida o`tardi.
Mo`g’ul hukmdorlari orasida bosib olingan xalqlarga 2 xil qarash mavjud 
edi: 1) ba’zilari mahalliy zodagonlar va savdogarlar bilan yaqinlashish
hunarmandchilik va dehqonchilikni rivojlantirish, islom dinini qabul qilish 
tarafdorlari edi. 2) boshqalari esa o`troqlik va shahar hayotiga qarshi bo`lib, 
shaharlarni buzib tashlash, bog’ va ekinzorlarni o`tlovlarga aylantirishni istardilar.


110 
Movarounnahrga ko`chib kelgan mo`g’ullarni Ettisuvlik mo`g’ullar 
«Qoraunas» (duragay) deb atardi. Movarounnaxr mo`g’ullari Ettisuvlik 
mo`ng’ullarni «jete» (qaroqchi, talonchi) deb atashardi. Chig’atoy ulusi XIV 
asrning 40 yillarida 2 ga bo`linib ketdi: 1) Sharqiy Turkiston va Ettisuv qismi 
Mo`g’uliston deb ataldi. Chig’atoy naslidan bo`lgan Tug’luq Temur 1348 yil 
Mo`g’uliston xoni bo`ldi. 2) ulusning g’arbiy qismi - Movarounnahr mustaqil idora 
qilinadigan bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling