Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro xonligining tashqi siyosati Buxoro bilan Boburiylar munosabatlari
Ichki ziddiyatlar Shayboniylar davlatida markaziy hokimiyat bilan
mahalliy hokimiyat o`rtasidagi ziddiyatlarda namoyon bo`lgan. Er egaligining iqto, suyurg’ol, tanho, jogir turlari Shayboniylar davlatida bo`lgan. Davlat kichik-kichik mulklarga (suyurg’olga) bo`lib idora qilinardi, bu hol suyurg’ol egalarining hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga intilib bo`ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi, bu mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi. Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi, ko`pchilik ersiz bo`lib, ijaraga er olib ishlagan. Asosiy soliq - sug’oriladigan erdan olinadigan xiroj bo`lib, daromadning 30-40 %ini tashkil qilardi. Ixrojat - davlat muassasalari, qo`shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to`lanadigan soliq. Davlat pulga muhtoj bo`lganida Favqulodda soliqlar joriy etilgan. 152 Aholi mehnat majburiyatini ham o`tagan, bu majburiyatlar: aholini kanal va zovurlar qazishga, yo`l va ko`priklar qurishga, em-xashak yig’ishga jalb etish. Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o`tqaziladigan joy hisoblangan, u erda xon sharafiga xutba o`qitilgan va pul zarb etilgan. Buxoro xonligining tashqi siyosati Buxoro bilan Boburiylar munosabatlari o`rnatilishi Bobur va Ko`chkinchixonlar nomi bilan bog’liq. Ko`chkinchixon davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi va savdo-elchilik munosabatlprini o`rnatdi. Ko`chkinchixon o`z elchisi orqali Boburga Movarounnahr mayizi, o`rigi va boshqa ne’matlardan 7 tuyada sovg’a va 200 ta ot tortiq qilgan. Bobur ham Buxoroga elchilar yuborgan. Humoyun davrida ham savdo-elchilik davom etgan Abdullaxon II Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intiladi. U 1572 yil Boburiy Akbarshoh huzuriga o`z elchilarini yubordi, elchilar sovg’a va maktub olib bordi. Abdullaxon o`z maktubida ikki davlat o`rtasida do`stlik munosabatlarini mustahkamlashni bayon qilgan edi. Bundan maqsad boshqa davlatlar hujumiga qarshi ittifoq tuzish edi. Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta 1577 yil elchi yuborgan. Bu elchilikdan siyosiy maqsad ko`zlangan edi: Abdullaxon II Eronni o`zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Akbarshoh bunga rozi bo`lmadi, chunki u turli dinga etiqod qiluvchilar tarafdori bo`lib, diniy bag’rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko`targan edi. Eron bilan ham yaxshi munosabatda edi. Akbarshoh Hindiston shimolidagi Sind va Kashmirni bosib oldi, Buxoro xonligi bu hodisani shayboniylar davlatining janubiy chegaralariga yaqinlashuvi deb hisobladi. Chunki Hindistonda ham Movarounnahrda ham Akbarshohni Movarounnahrni bosib olishga undovchi kuchlar bor edi. Abdullaxon II esa 1584 yil Badaxshonni egalladi. Abdullaxon 1585 yil Akbarshoh huzuriga uchinchi marta elchi yuborib, Badaxshon orqali Makka va Madinaga boradigan yo`lni g’ayridinlardan tozalash maqsadida Badaxshonni bosib olish sababini izohlaydi. 153 Akbarshoh 1586 yil o`z elchilarini Abdullaxon huzuriga yuborib Turkiya Eronning bir qismini bosib olganini, Buxoro va Hindiston Eronga yordam berish zarurligini ma’lum qiladi. Eron shayboniylarni o`zining asosiy raqibi deb hisoblagani uchun Abdullaxon Akbarshohning taklifiga rozi bo`lmaydi. Bu davrda Abbos I Eronni birlashtirib, mustahkamladi. Shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi isyon ko`tarildi. Buxoroda bu isyonda Akbarshohning qo`li bor degan gumon paydo bo`ldi. Badaxshon hukmdori Abdullaxonning o`g’li Abdulmo`min Akbarshohdan boshpana berilgan badaxshonlik isyonchilarni Buxoroga yuborishni talab qildi. Shu tufayli Buxoro va Hindiston o`rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushadi. Abdullaxon Akbarshoh huzuriga o`z elchisini yuborib, o`g’lining xatti-harakati uchun Akbarshohdan uzr so`ragan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling