Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Davlat boshqaruvi. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlar va
tumanlarga bo`lingan. SHayboniylar davrida ham temuriylar davridagidek Oliy davlat idorasi - dargoh deyilgan, uning tepasida Xon turgan. Ijro etuvchi hokimiyat ham devon (vazirlik) deb atalgan, unga devonbegi (bosh vazir) rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo`lgan devonbegi moliya va xo`jalik ishlarini ham boshqargan. Devon temuriylar davridagidek nufuzga ega bo`lmagan, sababi dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo`lmaganligi edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri katta davlat mansabi bo`lgan Otaliqning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlagach, ularga rahnoma etib tayinlangan nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Shahzodalar ulg’ayib, balog’atga etib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlardagi davlat ishlarini shahzodalar nomidan otaliqlar boshqargan. Parvonachining vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga etkazishdan iborat bo`lgan. Dodxoh mansabida ishlagan 151 amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilib, javob qaytargan, u adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilgan. Ko`kaldosh mansabiga xon sulolasiga eng yaqin shaxslar tayinlangan, u xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rganib, bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan. Xon yasovuli - xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan shug’ullangan. Eshikog’aboshi - dargoh xavfsizligi, tartibi va kelgan- ketganlardan xabardor bo`lib turish masalalari bilan shug’ullangan. Shayxulislom - shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan. Qozikolon - sud ishlariga etakchilik qilgan. Muhtasib (rais) – mamlakatda jamot tartibini, diniy marosimlarga rioya qilinishini, bozorlarda narx va tarozining to`g’riligini nazorat qilgan. Mehtar - zakot va boshqa tushumlardan tushadigan mablag’larni zarur o`rinlarda ishlatishni nazorat qilgan. Naqib davlat mansabdori hisoblanmasada, saroyda nufuzi baland bo`lgan, u xonning eng yaqin va ishonchli kishisi sanalgan, ichki va tashqi siyosat masalalarida xonning maslahatchisi hisoblangan, zarur bo`lganda elchilik vazifasini ham bajargan. Naqib – o`zlarini Muhmmmad (s.a.v.) payg’ambarning avlodlari deb hisoblovchilar (sayidlar) jamoasi etakchisining unvoni. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling