Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Abdullaxon II o`tkazgan pul islohati Buxoro tarixida muhim ahamiyatga 
ega voqea bo`lgan, u oltin pul zarb etib, uning tarkibiga qiymati past bo`lgan 
boshqa ma’danlar aralashtirmasligini qattiq nazoratga olgan. Oltin pullar 
xonlikning butun hududida muomalaga kiritilishi hokimiyatning yanada 
markazlashuviga, xazinaga katta daromad tushishiga va savdo yanada jonlanishiga 
olib keldi.
Iqtisodiyotda Shayboniylar davrida ham sun’iy sug’orish bilan bog’liq 
muammolarni hal etish ishiga jiddiy e’tibor bilan qaralgan. Shayboniylar sulolasi 
vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg’ob daryolaridan 
unumli foydalanish choralarini ko`rganlar. Shayboniyxon avlodlari keyinchalik 


150 
Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyatini sug’orish uchun 10 dan ortiq 
kanallar qazdirgan.
Sug’orish ishlari ayniqsa Abdullaxon II davrida keng rivojlangan bo`lib, 
1556-1585 yillarda Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, 
Jondor suv ayirg’ichlari; Murg’ob vohasida Sangzor, Hovuzixon suv ombarlari; 
Jizzax vohasida Sangzor daryosidan Tuyatortar kanali; Somonjuq dashtida Xo`ja 
Ka’ab, Afshona kanallari; Amudaryodan Chorjo`yga; Murg’obdan Marvga; 
Vaxshdan uning atroflariga kanallar qazilgan. Abdullaxon Nurota tumanidagi 
Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to`g’on qoldiqlari o`rnida 
ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to`g’on tepasida turib 
ochishi yoki bekitishi mumkin edi.
Abdullaxon II karvon yo`llarini jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar 
qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. Yirik usti berk savdo rastasi 1577 yil 
Buxoroda qurildi, u Abdullaxon timi deyiladi. Shayboniylar davrida tikuvchilik
kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog’oz va qurilish ashyolari ishlab 
chiqarish rivojlandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling