Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkiya va Buxoro o`rtasidagi shartnomani sulton Boyazid II va 
Shayboniyxon Eron safaviylariga qarshi kurash to`g’risida tuzgan. SHayboniylar 
elchisi 1515 yil Sulton Salim huzuriga bordi. Sulton Salimning elchisi o`sha yili 
(1515) Buxoroga sultonning maktubini olib keladi, sulton o`z maktubida 
Ubaydullaxonni Eronga qarshi kurashga chaqiradi. Bunda Turkiyaning manfaati 
yotar edi. Turkiya Buxoroning ichki ishlariga ham aralashdi.
Turkiya shayboniylarning Movarounnahr taxti uchun kurashida Toshkent 
hokimi Baroqxon - Navro`z Ahmadxon ibn Suyunchxo`jaga harbiy kuch jo`natgan. 
Baroqxonning Toshkentdagi qarorgohida 300 nafar turk askari xizmatda bo`lgan. 
Turkiya safaviylarga qarshi kurashda shayboniylardan foydalanibgina qolmay, 
Buxoro xonligida o`z siyosiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida ham bu ichki 
kurashida faol qatnashdi.
Eron va Buxoro manfaatlari to`qnashgan nuqta Xuroson bo`lib, buning 
sababi Xurosonning harbiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga 
ega ekanligida bo`lib, Xuroson Eron, Buxoro va Hindiston yo`nalishida darvoza 
vazifasini ham o`tar edi. Xuroson nazorati masalasida shayboniylar va safaviylar 
o`rtasida kurash ketgan. Shayboniylar Xuroson masalasida SHayboniyxon


154 
Ubaydullaxon, Abdullaxon II davrida ustunlik qilgan. Abdullaxon II Xurosonning 
Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallagan.
Rossiya-Buxoro munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana 
bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qildi, bu 
orqali o`z davlatining siyosiy ahvolni mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki 
Ivan Grozniy (1533-1584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya bordi. Ivan 
Grozniy davrida Qozon (1552), Hojitarxon (1556) xonliklari, Volga bo`yi va 
G’arbiy Sibir bosib olinishi Rossiyaga savdo yo`llarini nazorat qilish imkonini 
berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo qilish Buxoro savdogarlari uchun qulay 
edi, chunki Rossiya yaqin qo`shni bo`lib, Qozon tatarlari va boshqardlar bilan din 
va tili ham yaqin edi.
Abdullaxon II Moskvaga 1557-1558 yy. elchilar yubordi, elchilar Astraxan 
orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo`ladi. Elchilar o`z xonlari 
nomidan Grozniydan savdogarlarning Volga bo`ylab erkin o`tishlariga ijozat 
so`raydi. Moskvadan elchilar o`q-dori, ov qushlari va matolar olib kelgan.
Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdoni rivojlantirishdan manfaatdor edi: 
1) Rossiya o`z tovarlarini sotishi uchun Buxoro qulay bozor edi. 2) Rossiya 
Buxoro orqali Osiyo davlatlariga, 1-o`rinda Hindistonga chiqish imkoniga ega 
bo`lardi.
Moskvada 1555 yil tashkil etilgan «Moskva savdo kompaniyasi» vakili 
Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558 yil 
Buxoroga yuborildi. Jenkinsonni Buxoroda Abdullaxon II qabul qildi. Jenkinson 
Buxoroning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini «Rossiyadagi Moskva 
shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat» nomli 
esdaliklarida bayon qilgan. A.Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya-Buxoro 
o`rtasida yaxshi savdo-diplomatik aloqalar yo`lga qo`yildi.


155 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling