Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Dehqonchilik va chorvachilik. Qabila boshliqlari va amirlar o`rtasidagi 
ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli 
ahvolga tushirdi. Sug’oriladigan erlarda bug’doy, arpa, jo`xori, loviya, mosh, sholi, 
paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi erlarda boshoqli 


165 
ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilgan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodini butunlay 
inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo`lgan.
Ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurishga etarli e’tibor berilmasada, 
Imomqulixon 1614-1615 yy. Qashqadaryodan Qarshi cho`liga, 1633-1634 yy. 
Qo`shqo`rg’onda kanal qazdirgan. Chorvachilik qishloq xo`jaligining etakchi 
tarmog’i bo`lib, aholi go`sht, sut mahsulotlari etishtirgan. Katta yaylovlar xon
saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo`lgan.
Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, yirik qishloqlarda 
etishtirilgan. Hunarmandchilikning to`qimachilik tarmog’ida ip yigirish
gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to`qish, kashtachilik 
rivojlandi. Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivojlanishiga sog’ 
tuproq manbalarining ko`pligi sopol va chinni idishlar, ko`za, kosa tayyorlash 
imkoniyat berdi.
Metal va yog’ochga ishlov berish orqali uy ro`zg’or buyumlari tayyorlash
binolar qurilishida yog’och va ganch o`ymakorligi ham ancha o`sdi. Buxoro va 
Samarqandda yuqori sifatli qog’oz ishlab chiqarish; tog’li hududlardan nodir 
metallar, kaliy qazib olish yo`lga qo`yilgan.
Savdo-sotiq ishlari XVII-XVIII asr birinchi yarmida bir qadar oshib, 
savdoda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx kabi yirik shaharlarning 
mavqei baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga va 
hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo`lardi.
Tashqi savdoda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiyaga paxta, 
teri, jun, matolar, qishloq xo`jalik mahsuloti chiqarilar edi. Buxorolik 
savdogarlarning Sibir shaharlarida o`z savdo rastalari bo`lgan. Buxoroga Xitoydan: 
shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy; Hindistondan: qimmatbaho 
toshlar, matolar, oltin iplar olib kelingan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling