Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Siyosiy tarqoqlik Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) 
davrida yana kuchaydi. Nodir Muhammad asosiy viloyatlarni mulk qilib 12 ta 
o`g’li, 2 ta jiyani va nabirasiga taqsimlab berdi, bu hodisa davlatchilik asoslarini 
zaiflashtirdi. Movarounnahrga qozoqlar 1645 yil yana hujum qilib Xo`jandgacha 
etib keldilar. Qozoqlarni quvib chiqarish uchun Nodir Muhammad o`g’li 
Abdulazizni safarbar etadi. Qozoqlarga yurish davrida xondan norozi bo`lgan bir 
guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar.
Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va taxtni qaytarib olish uchun 
Hindiston podshosi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so`raydi. Shoh Jahon 
Balx viloyatini o`ziga bo`ysundirish maqsadida o`g’illari Murodbaxsh va 
Avrangzebni yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahonning o`g’illariga qarshi 
chiqadi, chunki ular yordamga emas, Balxni egallash uchun kelayotganini Nodir 
Muhammad bilib qoladi.
Nodir Muhammad Maymana yo`lida bo`lgan jangda engilib, Eronga qochadi 
va shoh Abbos huzurida panoh topadi. Shoh Jahonning o`g’illari 1647 yil Balxni 
egallaydi. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallagach
tashvishga tushgan Abdulazizxon Balxga ukasi Subhonqulini yubordi. Subhonquli 


160 
1651 yil Balxni egallagach hokim etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga 
hajga borayotib yo`lda vafot etadi.
Buxoro-Xiva munosabatlari. Buxoroga Xivaning talonchilik yurishlari 
Abdulazizxon (1645-1681) davrida kuchaydi. Xiva xoni Abulg’ozixon 1655 yil 
Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako`l aholisining bir qismini asir 
olib, Karmanani vayron qiladi. 1658 yil Vardonzeni talab, 1662 yil Buxoro 
shahrigacha etib boradi. Urushlar va ichki ziddiyatlar Buxoroning ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy ahvolini izdan chiqargach keksayib qolgan Abdulazizxon 1681 
yil taxtdan voz kechadi.
Taxtga o`tirgan ukasi Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol 
o`nglanmadi. Chunki u: 1) Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o`g’illariga 2) 
Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga 3) Xiva xoni Anushaxon 
qo`shinlariga qarshi kurashdi.
Xiva qo`shinlari Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto 
Samarqandni ham ishg’ol qildi. Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o`qitilib, 
uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subxonqulixon qatag’on urug’idan 
bo`lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo`shinlarini 
Samarqanddan quvib chiqardi.
Subhonqulixon Xiva hujumiga chek qo`yish uchun fitna tayyorlaydi va Xiva 
xoni Anushaxon taxtdan tushiriladi. Suhonqulixon Xivadagi tarafdorlaridan 
foydalanib 1688 yil Xiva xonligini Buxoro xonligi tasarrufiga oladi. Urushlar, 
ichki nizolar iqtisodiyotni tanazzulga tushiradi.
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” (2008) asarida: “XVII 
asrdan XX asr boshigacha Turkiston siyosiy parokandalik va qoloqlikka yuz 
tutdi... YUrt hukmdorlari jaholatga berilib ketishi oqibatida mintaqada taraqqiyot 
orqada qolib ketdi” – degan edi. 


161 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling