Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxorodagi parokandalik oqibati Eronning Buxoroga hujum qilishiga 
sharoit yaratdi. Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar va 
Afg’onistonga zafarli yurishlardan so`ng, 1736 yil Buxoro xonligiga bostirib kirdi. 
Nodirshohning o`g’li Rizoqul qo`shinlari Amudaryodan o`tib ko`pgina hududlarni 
bosib oladi. Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so`rashga majbur bo`ladi. Xiva 
xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Rizoqul qo`shini 
Nodirshoh buyrug’iga binoan qaytib ketadi.
Nodirshoh 1740 yil Buxoroga ikkinchi marta hujum qildi. Buxoro xonligida 
muntazam qo`shinning yo`qligi, ichki nizolarni bartaraf etish bilan band bo`lgan 
Xiva xoni ham Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohning g’alabasini 
ta’minladi.
Tayanch so`zlar: Parokandalik - mamlakat viloyatlarining markaziy 
hokimiyatga bo`ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik. Miyonqol - Samarqand atrofidagi 
Qoradaryo va Oqdaryo oralig’idagi hudud, keyinchalik Samarqand va Xatirchi 
oralig’idagi erlar. 
Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
Davlat tizimi va boshqaruvi jihatidan Ashtarxoniylar davrida o`z tuzilishi 
va mohiyatiga ko`ra shayboniylar davridan deyarli farq qilmas edi. Davlatning 
ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon 
ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham 
shayboniylar davrida amalda bo`lgan lavozimlar saqlanib qolsada, ayrim 
o`zgarishlar ham bo`lgan. Chunonchi, shayboniylar davrida devonbegi xondan 
keyingi shaxs bo`lgan bo`lsa, endi otaliq bunday martabaga ega bo`lgan. 
SHuningdek Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilgan. U 


164 
davlat mablag’i hisobiga amalga oshiralidagan qurilish, suv inshootlari barpo etish 
va obodonchilik ishlarini boshqargan.
Ma’muriy jihatdan Buxoro xonligi viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo`lib 
boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Eng yuqori davlat 
lavozimlariga qudratli qabilalarning boshliqlari tayinlangan. Bu esa mazkur 
qabilalarning mavqeini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy 
qo`shin va markaziy harbiy qo`mondonlikning yo`qligi, qo`shin zamonaviy qurol 
bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o`ta zaiflashuviga 
olib keldi.
Erga egalik qilishning ilgarigi asrlarda bo`lganidek Ashtarxoniylar davrida 
ham mulki sultoniy, xususiy mulk, mulki hurri xolis, vaqf erlari shakllari mavjud 
edi. Mulki sultoniy - davlat erlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon 
xazinasiga tushgan. Davlat erlaridan o`sha joylarda yashagan dehqonlar 
foydalangan, ular erni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to`laganlar.
Xon davlat tasarrufidagi erlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalar, 
yirik din peshvolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol 
qilingan katta er egalari xon xazinasiga soliq to`lamas edi. Harbiy qism boshliqlari, 
saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi, bunday erlar tanhodorning 
xususiy mulki bo`lmagan, tanhodor o`sha erlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq 
yig’ib olish huquqiga ega bo`lgan.
«Mulki hurri xolis» - soliqlardan ozod qilingan mulklar bo`lib, Xon ayrim 
shaxslarga hukmdorga ko`rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om etgan er-
mulklardir. Vaqf mulklari - mulki sultoniy hisobidan diniy mahkamalarga berilgan 
bo`lib, bu erlar masjid, xonaqoh, qabristonlar mulki hisoblangan; vaqf mulkidan 
ham soliq olinmas edi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat - ularda ersiz 
kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling