Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchilik
Tarixnavislik. XVII-XVIII asr birinchi yarmida Buxoro tarixiga doir qator
asarlar yaratildi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Vali Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida «Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi» («Bahrul-asror») degan asar yozgan. Muhammad Yusuf Munshiy «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma», Muhammad Zamon Buxoriy «Tarixlar dengizi», Abdurahmon Tole «Abulfayzxon tarixi» degan asarlar yozdi. Adabiyot XVII-XVIII asr birinchi yarmida rivoj topdi. Bedil (ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721)ning o`rni katta bo`lib, u asli Kesh (Shahrisabz)lik, Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari «To`rt unsur» nasrda yozilgan bo`lib havo, suv, er, olov; o`simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida. Uning «Irfon» (Bilim) dostonida falsafa, tarix va ilohiyatning xilma-xil masalalari bayon etilgan, uning fikricha dunyo abadiy bo`lib, to`xtovsiz harakat qiladi va o`zgarib turadi. She’rlarida zulm va adolatsizlikni qoralaydi. Bedil Turkistonda «Abulma’oniy» (Ma’nolar otasi) degan nom olgan. Shoir Sayido Nasafiy “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug’langan. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug’ilgan. Uni mashhur qilgan “Hayvonatnoma” nomli majoziy munozora asarida hayvonlar timsoli orqali er egaligi va amaldorlarning mehnatkashlarga etkazgan zulmini va poraxo`rligini fosh etadi. Bo`ri va sher timsolida er egalarining yirtqichligini ochadi. Sher barcha hayvonlar ustidan g’alaba qozonsada, mehnatkash xalq vakili – chumolidan engiladi. Bu shoirning mehnatkash xalq ham bir kun kelib zulmdan ozod bo`lishi yo`lidagi orzusi edi. Turdi Farog’iy jasoratli shoir bo`lib, adolatsizlikni, Subhonqulixonning og’ir soliqlari tufayli xalq tortayotgan azoblarni tanqid qilgan. Turdi xalq tilidan mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik va urushlarni la’natlagan. Urug’ va qabilalarni birlashishga va o`zaro hamkorlik qilishga da’vat etgan. Urug’ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan. Bu o`rinda uning “Tor ko`ngillik beklar” she’ri alohida ahamiyatga ega. 169 Me’morchilik ham ancha rivoj topdi. Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi Samarqand Registon ansambli hisoblanadi, uning hozirgi qiyofasi XVII asrda shakllantirildi. Registoni maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida Samarqand hokimi Yalangto`sh Bahodir o`z mablag’i hisobidan Sherdor (1619-1635) madrasasini va Tillakori (1646 -1660) madrasa-masjidini qurdirgan. Buxoroda yirik me’moriy majmua - Labihovuz ansamblini 1620 yil eng badavlat kishi Nodir devonbegi bunyod ettirdi. U bo`yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr hovuz qurdiradi. Hovuz atrofida Nodirdevonbegi madrasasi va xonoqohi, Ko`kaldosh va Ernazar elchi madrasalari bunyod etiladi. Buxoro shahridagi 1652 yil Abdulazizxon qurdirgan qo`sh imoratli madrasa o`z zamonasi me’morchiligining etuk namunasi hisoblanadi. U mustahkam va nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turgan. Tayanch so`zlar: Yalangto`sh Bahodir, Nodir devonbegi, Sherdor, Tillakori, Labihovuz, Registon (forscha) - shaharning mayda tosh to`shalgan markaziy maydoni. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling