179
Samarqand shahri Ashtarxoniylar davrida siyosiy
kurashlar va chet elliklar
hujumi natijasida talangan va vayronaga aylangan. Amir Shohmurod davrida
Samarqand deyarli qayta tiklangan. Samarqand shahri
XIX asr boshida baland
devor bilan o`rab olingan. Uning 6 ta darvozasi bo`lgan, ular: Buxoro, Paykobod,
Shohizinda, Qalandarxona, So`zongaron, Xo`ja Ahror nomlari bilan atalgan.
Ko`chalar 6 ta darvozani Registon maydoni bilan bog’lagan. Shaharda 2 ta
karvonsaroy, 3 ta hammom bo`lib, aholisi 25-30 ming kishini tashkil qilgan.
Hunarmandchilikning shoyi to`qish, qog’oz
ishlab chiqarish, kulolchilik,
temirchilik,
novvoylik, qandolatchilik va kashtachilik sohalari juda rivojlangan.
2007 yil Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi.
Buxoroda XIX asr 40-yillarida 38 ta karvonsaroy bo`lib, ularda musofir va
mahalliy savdogarlar istiqomat qilgan. Karvonsaroyda ombor, do`kon,
ustaxona,
mehmonxona bo`lgan. Karvonsaroylar amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishli
bo`lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo
ishini karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi
boshqargan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo 9
ta tim va chorsuda amalga
oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid, 83 ta hovuz mavjud edi.
1997 yil Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: