183
Tayanch so`zlar va atamalar: Ark, Xurmo, Sarazm, Qozonariq, Toyman
arig’i.
Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg’u va ashula yo`llari;
musiqiy uslub.
VIII-bob: Xiva xonligi XVI – XIX asr birinchi yarmida.
1-§. Xiva xonligining tashkil topishi.
Xiva xonligida Shayboniylar hukmronligi.
Xonlikning tashkil topishi. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm
Xuroson davlati tasarufida edi. Qo`ng’irot qabilasidan Chin So`fi hokim bo`lib, u
rasman temuriy
Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi. Xorazmni 1505 yil
Shayboniyxon, 1510 yil Eron shohi Ismoil bosib oldi.
Xorazmda safaviylar
hukmronligiga qarshi kurash boshlanadi. Xorazmning mo`’tabar zotlari taxtga
Shaybon avlodlaridan Berka sultonning o`g’li
Elbarsxonni o`tqazishga qaror qildi,
u Dashti Qipchoqda edi. Berka Sulton va Shayboniyxon xonadonlari bir shajaradan
bo`lsada, dushmanlik munosabatida edi. Muhammad Shayboniyxon 1480 yil taxt
uchun kurashda Berka Sultonni o`ldirishi buning sabablaridan biri edi.
Xorazm xalqi Elbarsxon etakchiligida 1512 yil Eron qo`shinlarini
butunlay
quvib chiqarishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu yangi
davlat 1512 yil
Xiva xonligi deb atala boshlandi. Xiva xonligi asososchisi
Do'stlaringiz bilan baham: