184
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Movarounnahrdagi Shayboniylar
davlati kabi Xiva xonligi ham katta-kichik mulklarga bo`lingan. Yirik o`zbek
qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylanib, ijtimoiy
hayotga hal etuvchi ta’sir ko`rsatgan. Ularning markaziy hokimiyatga
bo`ysunmaslikka, mustaqillika intilishi Xiva xonligida o`zaro nizolarni keltirib
chiqargan.
Shuningdek, XVI asr 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga
duchor bo`lishining asosiy sabablaridan biri - Amudaryo o`zani o`zgarib Orol
yo`nalishiga burilishi edi. Erlar cho`lga aylanib, aholi boshqa hududga ko`chib
o`tgan. XVI asrda Xiva xonligini ikki marta Buxoro bosib olishi, o`zaro qabilaviy
nizolar, og’ir soliqlar hamda turli to`lov va jarimalar aholini xonavayron qilgan.
Bu savdo-sotiqqa katta putur etkazgan.
Xiva va Buxoro o`rtasida o`zaro nodo`stona munosabatlari hukm surishining
sababi: 1) xonliklar doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o`z hududlarini
kengaytirishga urinishi. 2) Xiva va Buxoroda hukmron
sulolalarning bir-biriga
g’anim bo`lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.
Ubaydullaxon va Abdullaxon
II davrida Xiva xonligi Buxoroga bo`ysundirilgan edi.
Xivani Buxoroga bo`ysundirish harakati
Ubaydullaxon davrida boshlanib, u
1537-1538 yy. Xivani bo`ysundirdi va o`g’li
Abdulazizni Xorazmga noib etib
tayinladi. Xiva xoni
Avaneshxon (1525-1538) o`ldirildi.
Xorazm xalqi
Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod qildi. Ubaydullaxon
yuborgan qo`shinni tor-mor qildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib
ketdi. 1595 yil Buxoro xoni
Abdullaxon II Xiva xonligini bo`ysundirdi. 1598 yil
Abdullaxon vafotidan keyin Xiva xonligi mustaqilligi tiklandi.
G’ozi - musulmon haq dini uchun kurashuvchi.
Noib (arabcha-o`rinbosar, yordamchi) - tobe o`lka yoki viloyat hokimi.