Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XVII-XVIII asr birinchi yarmida
Xiva xonligida siyosiy ahvol 
Siyosiy porakandalik. Xiva xonligi siyosiy hayotida XVII asrdan ikki 
jarayon kuchaya bordi: 1) markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi. 2) qabila 
boshliqlari ta’sirining kuchayishi. Qabila boshliqlari xonga o`z xohishlarini o`tkaza 
olganlar, xon ularsiz biror masalani mustaqil hal eta olmas edi, qabila boshliqlari 
xon taqdirini hal etardilar. Bu holat Xiva xonligida davlat porakandaligi yuz 
bernaligini anglatar edi.
Arab Muhammadxon (1602-1621) davrida porakandalik yuqori nuqtasiga 
etdi. Amudaryo o`zanining o`zgarishi bu davrda ham davom etishi natijasida Arab 
Muhammadxon poytaxtni Urganchdan Xivaga ko`chirishga majbur bo`ldi. Arab 
Muhammadxon davrida Rossiya chegarasini qo`riqlab turgan Yoyiq kazaklari 
atamani Nechay, ataman Shamay Xorazmga hujum qildi. Xiva qo`shini ularni tor-
mor qildi.
Arab Muhammadxonning o`g’illari Habash va Elbars Sultonlar 1616 yil 
ayrim qabila boshliqlariga tayanib otasiga qarshi isyon ko`tardi. Otasi yon bosib 
Vazir shahrini ham ularga berdi. Habash va Elbars 1621 yil yana isyon ko`tarishdi. 
Arab Muhammadning boshqa ikki o`g’li - Asfandiyorxon va Abulg’oziy 
Sultonlar otasi tarafida qatnashdi. Habash va Elbars urushda g’olib chiqdi. Otasini 
asirga olib Xivaga keltirdi va ko`p o`tmay qatl etildi. Abulg’oziy Sulton Buxoro 
xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. Asfandiyorxon Eron shohi Abbos I 
huziriga bordi.
Asfandiyorxon (1623-1643) Abbos I yordamida 1623 yil Xiva taxtini 
egallagach, Habash va Elbars qatl etildi. Xivaga qaytib kelgan ukasi Abulg’oziyni 
Urganch hokimi etib tayinladi. Aka-uka o`rtasida munosabat buzilgach Abulg’oziy 
Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo`ldi. 
Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo`lgan turkmanlarning chaqiriqi bilan 
Abulg’oziy yana Xivaga qaytib bordi. Asfandiyorxon unga Xivani topshirishga 


186 
majbur bo`ldi. Biroq qulay fursat kelgach Abulg’oziyni 1630 yil Eron shohi 
huzuriga garov tariqasida jo`natdi.
Abulg’oziy Erondagi 10 yillik tutqunlikdan qochib Orol o`zbeklari 
qarargohiga keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644 yil Abulg’oziy Bahodirxon 
Xiva taxtini egalladi. Abulg’ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirib ularning 
markaziy hokimiyatga qarshi harakatiga barham berish maqsadida 32 qabilani 4 
guruhga bo`ldi: qiyot-qo`ng’irot, uyg’ur-nayman, qang’li-qipchoq, nukuz-mang’it. 
Xon qabilaga tegishli masalalarni har bir qabilaviy guruhga tayinlangan inoqlar
orqali hal qilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling