Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Muhammad 
Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o`tirgan o`g’li Olloqulixon Xiva-Rossiya 
munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. Eron-Rossiya (1826-1829) va 
Rossiya-Turkiya (1828-1829) urushlari Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini 
yanada keskinlashtirishdan o`zini tiyishga majbur etdi.
Bu orada Markaziy Osiyo xonliklarga Buyuk Britaniya razvedkasi suqilib 
kira boshladi, shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini 


194 
to`ldirish xavfi ham vujudga keldi. Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo 
ishlarining yomanlashgani sababli Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdoni har 
qachongidan ko`ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi.
Rossiya Xivaga nisbatan o`z talablari ko`lamini tobora kengaytirib bordi. 
Keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat 
berishini talab qila boshladi. Rossiya Xiva bilan munosabatlarni harbiy kuch orqali 
tartibga solish yo`lini tanladi, shu maqsadda 1839 yil V.Perovskiy harbiy 
ekspedisiyasi tashkil etildi. Perovskiy ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to`p va 
yuk ortilgan 10 ming tuya bor edi. Ustyurtning qattiq sovug’i, oziq-ovqat va em-
xashak etishmagani uchun ekspedisiya talofat ko`rdi va Perovskiy orqaga 
qaytishga majbur bo`ldi. Lekin ekspedisiya izsiz ketmadi. Perovskiy ekspedisiyasi 
Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo`lini axtarishga majbur etdi.
«Majburiyatlar akti». Rossiya zo`r berib Xiva xonligiga o`z hukmini 
majburan o`tkazishga kirishdi. Bu maqsadga erishish uchun G.Danilevskiy 
boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokara davom etayotgan kunlari 
Olloqulixon vafot etib, taxtni o`g’li Rahimqulixon (1842-1845) egalladi. Rossiya 
bosimi ostida 1842 yil 27 dekabrda Xiva-Rossiya o`rtasida «Majburiyatlar akti» 
deyilgan shartnoma imzolandi. Shartnomada Rossiya bilan tinchlik, do`stlik 
munosabatida bo`lishi e’lon qilindi.
Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari sodir 
etmaslik; savdo karvonlarining talanishiga yo`l qo`ymaslik; Rossiya fuqarolarining 
shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Aslida bu 
Rossiyaning o`z istaklarini majburan bajartirishdan boshqa narsa emas edi. 
Shuningdek ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi: boj 
to`lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab 
qo`yildi. Biroq Rossiya shartnomaning anna shu bandini ham amalda bajarmagan. 
Oqibatda o`zaro munosabatlar keskinlashib borgan.


195 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling