Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Avaz Muhammad inoq (1790-1804) davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan 
ancha mustahkamlandi. Muhammad Amin va o`g’li Avaz ham hokimiyatni inoq 
unvonida boshqargan, hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan 
boshqarilgan. Avazning o`g’li Eltuzar 1804 yil o`zini xon deb e’lon qildi. 
Qo`ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini 1804 yil rasman egalladi. Bu sulola 
1920 yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. Eltuzarxon (1804-1806) 
markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat qildi. Biroq u 1806 yil Xiva-
Buxoro urushida halok bo`ldi.
Muhammad Rahimxon I (1806-1825) Eltuzarxonning ukasi bo`lib, u halok 
bo`lgach taxtga o`tirdi. U Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. 
Shuningdek turkmanlarni bo`ysundirish etakchi o`ringa chiqdi va birin-ketin 
bo`ysundira boshladi. Bo`ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko`chib 


191 
ketdi. Biroq Eron tazyiqi tufayli va yaylov topilmagani uchun yana qaytib keldi. 
Yovmutlar taqdiri Xiva bilan uzil-kesil bog’lanib, xonlik fuqarolari tarkibiga 
olindi. Ularga ham soliq to`lash va navkar yuborish majburiyati yuklandi. 
Yovmutlardan eng jangovar otliq harbiy qism tuzildi.
Muhammad Rahimxon I o`zbek va turkmanlardan tuzilgan “xon navkarlari” 
deyilgan muntazam qo`shinga tayanib yirik zodagonlar va raqiblarini bo`ysundirdi. 
Orolbo`yi zodagonlari guruhi Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik ruhida 
bo`lib, qattiq qarshilik ko`rsatdi, ularning qashiligi 1811 yil sindirildi. Xiva xoni 
qoraqalpoqlarni ham bo`ysunishga majbur etdi.
Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi siyosiy jihatdan birlashtirildi, 
hududlari yanada kengaydi, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. U 
obodonchilikka alohida e’tibor berdi, kanallar qazdirib, ekin maydonlariga suv 
chiqartirdi, madrasa va masjidlar qurdirdi, ichkilik va bangilikni taqiqladi. Ilm 
ahliga homiylik ko`rsatdi, olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar o`tkazib 
turdi.
Navkar – otliq askar. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling