193
raqobat qila olmayotgan bir davrda bu «bozor»
juda muhim edi; 2) Xiva xonligi
Rossiya sanoati uchun arzon xomashyo etkazib beruvchi o`lka hisoblanardi.
Xivadan Rossiyaga paxta, ipak, bo`z, gilam,
hunarmandchilik mahsulotlari,
quritilgan meva olib borilgan. Xiva savdogarlari Nijniy Novgorod yarmarkasida
qatnashganlar. Rossiyadan Xivaga metall, to`qimachilik
mahsulotlari, rangli
bo`yoqlar, mo`yna terilari, qurol keltirilgan. Biroq, Xiva-Rossiya o`rtasida
yaxshi
qo`shnichilik munosabatlariga to`sqinlik qilgan
omillar: savdo karvonlariga hujum
xavfining mavjudligi, ikki davlat ham Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni
o`z fuqarolari deb hisoblashlari. Har ikki davlatning o`zaro
savdodan olinadigan
boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to`xtamga kela olmaganliklari bilan bog’liq edi.
Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashuvi. Rossiyaning maqsadi O`rta
Osiyo davlatlarini, xususan Xivani egallash bo`lib, turli bahonalarni ro`kach qilib,
bosim o`tkazishni kuchaytirib borgan. Ayni paytda,
qozoq juzlarini,
qoraqalpoqlarni va turkman qabilalarini Xivaga bo`ysunmaslikka da’vat etgan.
Podsho Rossiyasi Xiva xonligi tarkibidagi turkmanlarning yovmut qabilasini
Rossiya fuqaroligiga o`tish istiqbollarini hamda savdo karvonlari xavfsizligini
ta’minlash bahonasida chegarada iste’hkomlar qurish imkoniyatini o`rganish
maqsadida 1819 yil Xivaga zobit
N.Muravyov boshchiligida ekspedisiya yuborgan.
Rossiyaning tajovuzkorligi 1822 yil O`rta juz, 1824
yil Kichik juz
xonliklarini bo`ysundirganida yaqqol ko`rindi. Endi Rossiya chegarasi Xiva
xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Xiva xonligi qozoq cho`llarining ikki
davlatni ajratib turuvchi hudud bo`lib qolishi uchun harakat qildi. Rossiya esa buni
istamadi, natijada ikki davlat o`rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
Xiva-Rossiya
munosabatlari
keskinlashgan
sharoitda
Do'stlaringiz bilan baham: