Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim 
ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to`qimachilik 
bo`lgan. Buxoro olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan 
chiti, shoyisi, Samarqandning to`q qizil baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan 
ro`mol, choyshab, salla to`qish keng tarqalgan. 
Hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan yana biri temirchilik va 
miskarlik bo`lib, o`roq, pichoq, qurol yasashgan. Temirchilar oybolta, qilich, 
xanjar, 
nayza, 
qalqon, 
kamon 
va 
uning 
o`qini, 
to`plar 
yasagan. 
Hunarmandchilikning: zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik sohalari muhim 
hisoblangan. Yog’ochdan: eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq yasalgan. 
Yog’och o`ymakorligi alohida ahamiyatga ega edi, novdalardan savat to`qilgan. 


180 
Uy sharoitida namat, gilam to`qish, oshlangan charmdan egar-jabduq, ayllar, 
pichoq qinlari, hamyonlar tikish keng rivojlangan.
Ichki savdo. Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarish ustun 
bo`lmadi. Bu esa yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan 
ishlab 
chiqarishdan 
foydalanish 
ehtiyojini 
vujudga 
keltirmadi. 
Oddiy 
hunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga 
ko`tarilmadi. Shuning uchun ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq 
xo`jaligi mahsulotlari savdosi etakchi o`rin egallagan.
Buxoro bozorida narx va tarozining to`g’riligi qattiq nazorat qilingan. 
Xaridor haqqiga xiyonat qilganlar qattiq jazolanib, yarim yalong’och holda 
aravada bozor ahliga sazoyi qilinib «Men shayton yo`liga kirib, xaridorni aldadim» 
deb jar solishga majbur etilgan. Buxoro bozorlari faqat xo`jalik vazifasini 
o`tamasdan, jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o`tagan. Xususan, 
bozorlarda hukmdorning farmonlari o`qib eshittirilgan, aybdorlar jazolangan, 
bayram kunlari turli tomoshalar ko`rsatilgan.
Tashqi savdo aloqalarini Buxoro: Hindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan 
olib borgan. Buxoro bu davlatlarga ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, 
qurollar va mevalar chiqargan. Buxoroda hind savdogarlari va sudxo`rlari 
yashaydigan alohida mahallalar bo`lgan. Hind savdogarlari hind gazlamalari
bo`yoqlari, shifobaxsh va ziravor o`tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo 
qilgan.
Buxoro chorvachilik mahsulotlari, tuyalar va hunarmandchilik buyumlari 
bilan ta’minlovchi qozoq aholisi bilan keng savdo olib borgan. Buxoro bozorlarida 
qozoqlarning mashhur bo`lgan xom teri, qo`y terisini turli ranglarga bo`yab tikkan 
kamzullari eng xaridorgir edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar 
vositachilik qilgan. Buxoro bozorlariga turkmanlar zotdor otlar olib kelib 
sotganlar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o`sib bordi. Orenburgda 
Buxoro savdogarlarining qarorgohi bo`lib, 1804 yil 20 xonadaon yashagan. 1825 
yil 30 xonadon yashagan, ular Rossiya-Buxoro o`rtasidagi savdoda muhim o`rin 


181 
tutgan. Orenburgdagi buxoroliklar 1812 yil Napoleonga qarshi jangda ishtirok 
qilgan. Buxorodan chiqqan karvon 2 oyda Orskka etib borgan, savdo karvoni 5 
ming tuyadan iborat bo`lgan. Buxoro xonligining O`rta Osiyo-Rossiya tashqi 
savdosidagi ulushi 1844 yil 25 % ni tashkil etgan, 1864 yil 42 % ga ko`tarilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling