Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Amirlikda ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amirlikda ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
Er-suv mulkchiligining Buxoro davlatida 3 xil shakli bo`lgan: 1) davlat eri 
(amlok). 2) mulk erlari (xususiy), 3) vaqf erlari. Davlat erlarining suvsiz dasht
to`qayzor qismi ko`chmanchi jamoalarga bo`lib berilgan, ular davlatga xiroj 
to`lagan. Bunday erlar sotilmagan va ayirboshlanmagan. Davlat erlarining boshqa 
bir qismi davlat oldidagi xizmatlari evaziga hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat 
mansabdorlariga, lashkarboshilarga suyurg’ol shaklida in’om etilgan; suyurg’ol 
olganlar u erni boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg’ol egasi davlatga xiroj 
to`lashi lozim edi va oliy hukmdor chaqirig’iga ko`ra o`z qo`shini bilan harbiy 
yurishda ishtirok etgan.
Davlat erlarini XVI asrdan boshlab «tanho» shaklida in’om etish qaror 
topgan. Tanho egasi erga emas, mansabining darajasiga qarab shu erdan olinadigan 
soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan. XIX asrda ham amirlikda tanhodorlar 
soni ortib borgan, eng kichik tanho eri 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat erlarining 
yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko`p soliq shu erlardan 
tushar edi. (Davlat erlarining bir qismi suyurg’ol va tanho shaklida in’om etilgan). 
Xususiy (mulk) erlarning bir qismi xususiy shaxslarning erlari bo`lib, bu 
erlarga egalik qilish davlat xizmati bilan bog’liq bo`lmagan, ular asosan arablarga 
qarashli bo`lib, bu erlardan 1/10 qismi miqdorida o`lpon to`lagan. Mulk (xususiy) 
erlarning ikkinchi qismi - (mulki hur yoki mulki hurri xolis) davlat xizmati bilan 
bog’liq bo`lib, urushlarda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida 
topshiriqlarini bajarishda namuna ko`rsatgan shaxslarga berilgan va maxsus yorliq 
berilib, barcha soliqdan ozod qilingan.
Vaqf erlari - masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun 
ajratilgan erlar. Vaqf erlari musodara etilgan, davlat hamda yirik er egalari 
tomonidan hadya etilgan erlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, 


177 
qabristonlarning sarf-xarajatlari; talaba, mudarris, mutavallilarning maoshlari vaqf 
erlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli 
tasarruf etishi belgilab qo`yilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling