Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Haydar hukmronligi davri. Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga 
amir Haydar (1800-1826) o`tirdi. Uning tajribasizligidan foydalangan ayrim 
viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka uringan. Amir Haydar 
qiyinchilik bilan ularning aksariyatini bo`ysundirgan. Aksariyat viloyatlarning 
mustaqilligi tugatilgach, davlat erlari ko`paygan. Natijada davlat erlarini ijaraga 
olib ishlovchilar soni oshgan va iqtisodiyot tez o`sgan, ichki va tashqi savdo ham 
o`sdi.
Amir Haydar eng bilimdon hukmdorlardan bo`lgan, Qur’onni yoddan 
bilgan. Amir huzurida diniy va ilmiy mulohazalar o`tkazilib turilgan. Buxoro 
madrasalariga chet davlatlardan o`qishga keluvchilar oshgan. Amir Haydar ham 
madrasa talabalariga ma’ruzalar o`qigan. Ammo u to`la osoyishtalikni ta’minlay 
olmagan, bunga jamiyatdagi adolatsizliklar ham sabab bo`lgan. Xalq noroziligidan 
ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar mustaqil bo`lish uchun foydalanishga 
intilgan.
Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 
1804 yil qo`zg’olon ko`targan, Haydarga qarshi kuchlar bundan foydalanib 
Dinnosirbekni taxtga o`tqazmoqchi bo`lganlar. Haydar ularga qarshi Niyozbek 
parvonachi boshchiligida qo`shin yuborgan. Niyozbek buyrug’i bilan Marvni suv 
bilan ta’minlab turgan Sultonband to`g’onini buzib tashlagach, suvsiz qolgan 
marvliklar jang qilmay boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ldilar. Dinnosirbek 
Erondan boshpana topgan.
Harbiy harakatlar mehnatkashlarning ahvolini og’irlashtirgan. Shuningdek 
harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va er solig’ining muddatidan 
oldin yig’ib olinishi oqibatda 1821 yil Miyonqolda qo`zg’olon ko`tariladi. Amir 


173 
Haydar qo`zg’olonni to`la bostirolmagach, qo`zg’olonchilarga yon bosib, ularning 
mulki daxlsizligi haqida yorliq berishga majbur bo`ladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling