Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Doniyolbiy va Shohmurod. Muhammad Rahimbiy vafotidan so`ng uning 
amakisi Doniyolbiy otaliq (1758-1785) hokimiyatni o`z qo`liga oldi, u o`z 
qo`shinni mustahkamlashga va unga tayanib ish ko`rishga harakat qildi, mang’it 
beklariga katta er-mulkni tanho qilib berdi, xalqdan olinadigan soliqlarni 
ko`paytirdi. Doniyolbiy davrida Balx, Hisor, Ko`lob, O`ratepa bekliklarining 
mustaqillikka 
intilishlari 
kuchaydi. 
Doniyolbiy 
katta 
er 
egalarining 
o`zboshimchaligini sindira olmadi. Doniyolbiy to`ng’ich o`g’li SHohmurodga 
hokimiyatni topshirdi. SHohmurod darvishona hayot kechirib, bozorda hammollik 
qilgan, pichoqqa qin yasab sotib ro`zg’or tebratardi, xalq ichida obro`si katta edi.
Amir Shohmurod (1785-1800) yoshligidan xudojo`y, porso bo`lib o`sgan, 
madrasani bitirib, darvishlik suluki targ’ibotchisi bo`lgan. Xalq unga «Amiri 
ma’sum» (begunoh amir) unvonini bergan. Shohmurod o`z faoliyatida ommaga 
tayanib ish tutdi, adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shohmurodning hayoti 
nihoyatda kamtorona kechgan: 1 yilda 1 olacha chopon, 1 bo`z ko`ylak kiygan, 
boshiga 6 gazli bo`z salla, oyog’iga echki terisidan tikilgan saxtiyn mahsi va 
kovush kiygan.
Shohmurod Samarqand shahrida katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi, 
shahar markazida 6 qirrali chorsu qurilib, «Toqi musaddas» deb atalgan. 
Shohmurod Samarqanddagi har bir madrasaga imom, muazzin, mudarrislarni o`zi 
tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf erlari va mulklar 
ajratgan. Shohmurod islohatlar o`tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi, boj va 
xirojdan boshqa soliqlarni kamaytirdi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) 
mansablarining nufuzini oshirgan.


172 
Iqtisodni yo`lga qo`yishda Shohmurod o`tkazgan pul islohati muhim 
ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida tangalardagi kumush miqdori kamayib 
ketgan edi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo`yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa 
martabasidan qat’iy nazar qattiq jazolanishi lozim edi, bu xalq manfaatlariga 
tajovuzning oldini oldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling