Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Nasrullo hukmronligi. Amir Haydar vafot etgach, uning ikki o`g’li 
qisqa vaqt taxtga o`tirgan. Ular fitna qurboni bo`lgach, Haydarning uchinchi o`g’li 
Nasrullo (1826-1860) taxtni egallagan. U amirlik tarkibiga rasmangina kirgan 
bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo`lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. 
Nasrulla qanchalik qattiqqo`l bo`lmasin bekliklarning mustaqilligiga chek 
qo`yaolmadi. Kitob va Shahrisabzni bo`ysundirish 30 yil davom etgan, nihoyat 
1856 yil Kitob va Shahrisabzni bo`ysundirgan. 
Amirlikning qurolli kuchlari. Amirlik muntazam (doimiy) qo`shinga ega 
bo`lmagan, mavjud qo`shin nomuntazam bo`lib, qoracherik deyilgan. Bu qo`shin 
zaruriyat tug’ilganda viloyatlardan to`plangan. Amir Nasrullo birinchi bo`lib 
muntazam qo`shin (navkariya) tuzish maqsadida 1837 yil harbiy islohat o`tkazgan. 
Muntazam qo`shinga ega bo`lish: 1) davlat yaxlitligini ta’minlashga xizmat qilib, 
mustaqillikka intilayotgan viloyatlarning imkoniyatini yo`qqa chiqarar edi. 2) 
qishloq xo`jaligida mehnat qilayotganlardan qoracherikka safarbar etiluvchilar 
sonini keskin kamaytirar, natijada safarbarlik davrida qishloq xo`jaligi qarovsiz 
qolishining oldini olar edi. 3) viloyatlar yuborishi lozim bo`lgan qoracherikka 
umid bog’lashdan amirni xalos etardi, zero barcha viloyatlar ham qoracherikni 
talab etilgan miqdorda yuboravermas edi.
Harbiy islohatga (1837) ko`ra, dastlab 800 kishilik sarbozlar (piyoda 
askarlar) va 250 kishilik to`pchilardan iborat muntazam qo`shin tuzilgan. Ular 
uchun maxsus uy-joy qurilgan. Sarbozlar maxsus kiyim (qizil kamzul, oq shalvar 
va qalpoq), nayzali miltiq, qilich va to`pponcha bilan ta’minlangan. To`pchilar 
qismini shakllantirishda chetdan to`p quyishni va otishni o`rgatuvchi mutaxassislar 
jalb etilgan. Navkariya tarkibida otliq qo`shin (navkar) ham bo`lgan. Muntazam 
qo`shinning harbiy xizmatchilariga mansab darajasiga qarab maosh to`langan. 
Ichki siyosat. Mang’it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi 
markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan 
iborat edi. Mang’it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga 


174 
imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday 
ijtimoiy tayanch amaldorlar tabaqasi bo`lishi mumkin edi; amir saroyida xizmat 
qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi.
Mang’it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni 
o`zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Ular amir shaxsiga sig’inish 
siyosatini yuritganlar. Amirlar mang’it qabilasini asosiy tayanchga aylantirganlar
davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Qabila boshliqlari bilan til topa 
olish - bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatidan biri edi, shuning uchun 
mang’it amirlari boshqa o`zbek qabila boshliqlarini o`z xizmatlariga olar edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling