Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Amirlik davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUqori davlat lavozimlari
Amirlik davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi. Buxoro davlat tizimiga
ko`ra - monarxiya davlati bo`lib, davlat tepasida amir, ya’ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo`lib, butun hokimiyat uning qo`lida to`plangan. Hukmdor davlatni o`zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat)ga tayanib idora qilgan. Hukmdor amalda davlatni boshqarishda eng nufuzli qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan. Ma’muriy jihatdan Buxoro amirligi: viloyatlarga va tumanlarga bo`lingan. Amirlik 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning er maydoni taxminan 270 ming km 2 , aholisi 2 mln. atrofida bo`lgan. Aholisini o`zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Eng quyi ma’muriy bo`linma - amlokdorlik (bir nechta qishloqlar birikmasi) deyilib, uni amlokdor boshqargan. Boshqaruvda qishloq oqsoqollari, amin va mirblarga tayangan. Amlokdor (mulk egasi) – hosilni hisoblash, soliq va tushumlarni muddatida yig’ilishi uchun mas’ul bo`lgan. Amin (ishonchli, halol odam)ning asosiy vazifasi - soliq va tushumlarni yig’ish, aholini nazorat qilish, suvni ekinlarga taqsimlash bo`lgan. Qishloq mirobi – suv inshootlarini ta’mirlanishi, qishloqlarga ajratilgan suvning ariqlar bo`yicha to`g’ri taqsimlanishini ta’minlagan. 175 YUqori davlat lavozimlari. Poytaxt Buxoro shahri va viloyatini qo`shbegi boshqargan. Xazina amirning mulki bo`lgan. Amirlik davlat muassasalari: ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo`lgan, ularning har biriga tayinlangan amaldor rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo`lgan. Vilotlarning beklari (hokimlari) xon tomonidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatda yuqori martabali lavozimlar: devonbegi, ko`kaldosh, qo`shbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxur, dasturxonchi, kitobdor, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikolon, muftiy, muxtasib joriy etilgan. Eng katta davlat lavozimi - qo`shbegi (vaziri buzruk), ya’ni bosh vazir lavozimi edi, u xon Arkida yashagan. Qo`shbegiga davlatning barcha boshqaruv idoralari bo`ysunar edi, ya’ni barcha ijroiya hokimiyat uning qo`lida edi. Viloyat va tuman hokimlari qo`shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Devonbegi xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan. Mushrif - amaldorlar xonga in’om etgan buyumlarni va harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan. Mirshab - tungi shahar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan. Inoqning vazifasi - amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga etkazishdan iborat bo`lgan. Miroxur - amir otxonasining boshlig’i bo`lgan. Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig’i. Parvonachi - harbiy qo`shin bosh sarkardasi. Sadr - vaqf mulklarini boshqargan. Poytaxt qozisi (qozikolon) - «shariatpanoh» deb ham atalib, davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Muftiy - qozikolon murakkab deb hisoblagan diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs. SHuningdek, ko`kaldosh, dodxoh, otaliq, shayxulislom, muxtasib kabi lavozimlar ham bo`lgan. 176 Tayanch so`zlar: Muhammad Hakimbiy, Muhammad Rahimxon, Doniyolbiy, SHohmurod, Amir Haydar, Nasrulloxon. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling