Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Parokandalik kuchayishi. Abulfayzxon kuchayib borayotgan amirlar va 
zodagonlar qo`lida qo`g’irchoq hukmdor edi. Abulfayzxonning farmonlari saroy 
ostonasidan nariga o`tmay qolganidan u «Registon (saroyning oldi) tinch bo`lsa 
bo`lgani» degan gapni doimo takrorlagan. Xon hokimiyati kuchsizlanishiga 


162 
muntazam qo`shinning yo`qligi ham sabab bo`lgan, muntazam qo`shin tuzishga 
mablag’ etmagan, chunki iqtisodiyot nochor bo`lgan. Xon zarur bo`lganda 
viloyatlardan qo`shin so`ragan, biroq viloyat hokimlari har doim ham buyruqqa 
itoat etmagan. 
Abulfayzxon davrida mang’it qabilasidan Muhammad Hakimbiy katta 
nufuzga ega bo`lib, barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olinishi 
boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo`lgan. Shahrisabz 
hokimi, kenagas qabilasidan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til 
biriktirib Buxorodan mustaqil, poytaxti Samarqand bo`lgan davlat tuzishga qaror 
qildi. Ibrohimbiy Kenagas 1723 yil Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni 
taxtga o`tqazdi. Ibrohimbiy o`ziga «amir-ul umaro» (ulug’ amir) unvonini oldi. 
Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni 
Buxoro taxtiga o`tqazish va shu yo`l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo`lish 
edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo`lgan beklar Ibrohimbiyga qo`shildilar. 
Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar kimki ularga qo`shilsa, g’alabadan so`ng boylik va 
amal ulashishni va’da qildilar. Ibrohimbiy katta qo`shin bilan Buxoroga yurish 
boshlaydi va jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro 
qo`shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Biroq Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay 
olmaydi. 
Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini o`ylamay, katta o`ljalar va’da qilib 
ko`chmanchi qozoqlardan yordam so`raydi. Jung’or qalmoq ko`chmanchilaridan 
talofat ko`rib, ocharchilikka duchor bo`lgan qozoqlar bu taklifga rozi bo`ladilar. 
Qozoqlar 7 yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga yurishlar qilib, 
talab, xonavayron qiladilar. Buxoroda ham Samarqandda ham qozoqlarni 
to`xtatishga kuch topilmadi.
Ichki nizolar avj olib, aholining noroziligi kuchaygach Abulfayzxon 
yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga 
qaror qiladi. Muhammad Hakimbiy Qarshiga ketadi, biroq u Buxoroda 
hokimiyatni yana olish niyatidan qaytmagan edi. Abulfayzxon ko`ngilxushlikka 
berilib, davlat ishlarini nazorat qilmay qo`ydi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi 


163 
siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib Samarqand, Qarshi, Balx, Farg’ona, Badaxshon 
amalda mustaqil bo`lib oldi. Eng asosiy viloyatlar va shaharlar mustaqil 
hokimliklarga ajralib ketdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling