Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash
158 2-§. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi. Siyosiy tarqoqlik Buxoroda hokimiyat ashtarxoniylarga o`tishi. Shayboniylarga amakivachcha Ashtarxoniylar Jo`jixon naslidan bo`lib, XIV asr 80-yillaridan Ashtarxon xonligida (Hoji Tarxon, Astraxan) hukmronlik qilgan. Ruslar bu xonlikni Astraxan deb atagan. Rossiya 1556 yil Astraxanni bosib olgach, Ashtarxon hukmdori Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) hurmat bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrobegimni Yormuhammadxonning o`g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrobegimdan 3 ta o`g’il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko`radi. Jonibek sulton va uning o`g’illari Buxoro xonligi viloyatlariga hokim vazifasida faoliyat yuritadilar. Shayboniylar sulolasidan munosib voris qolmagach, Jonibek Sulton munosib nomzod bo`lib qoldi va nufuzli kishilar unga taxtni egallashni taklif qilgan. U o`g’li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechadi, bu orada Din Muhammad vafot etadi. Natijada 1601 yil Jonibek Sultonning ikkinchi o`g’li, Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1601-1605) Buxoro taxtiga o`tqazildi va Buxoro xonligi tarixida yangi sulola - ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylar sulolasi Buxoro xonligini 1,5 asrcha boshqardi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash. Boqi Muhammad mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko`p urindi. Eron safaviylariga 1602 yil zarba berib, Balxni kuch bilan bo`ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603 yil Balxga hujum qilgan Eron safaviylari qo`shinini mag’lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. Qozoq xoni Kelimuhammad qo`shinini mamlakatdan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo`ysundirdi. 159 Boqi Muhammad 1605 yil vafot etgach, ukasi Vali Muhammad (1605-1611) taxtga o`tqazildi. Ichki kurash yanada avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo`ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdi. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirayotganidan xabar topgan Vali Muhammad Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o`g’li Imomqulixonni (1611-1642) o`tqazdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo`shinini tor–mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi va Vali Muhammad qatl etildi. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoliy-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung’or (oyrot)lar, qalmoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613 yil Toshkentni egallagan qozoqlarga hujum qilib Toshkentni o`z tasarrufiga kiritdi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling