Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot 
 
Ta’lim islohatlari. Shayboniylar temuriylar davrida yaratilgan yuksak 
madaniyatga munosb voris bo`la olmaganlar. SHunday bo`lsada SHayboniylar 
davrida fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topishiga ushbu sulola hukmdorlari 
orasidan etuk ilm-fan arboblari etishib chiqqanligi ham ta’sir ko`rsatgan. 
Chunonchi Shayboniyxon, Ko`chkunchixon va Ubaydullaxon nihoyatda o`qimishli 
kishilar 
bo`lishgan. 
Shayboniyxon, 
Abdulazizxon 
va 
Abdullaxonlar 
kutubxonalarida ajoyib kitob xazinalari bo`lgan. Shayboniyxon, Ubaydullaxon va 
Abdullaxon II ilm-fan, ma’rifat homiylari edi. Shayboniyxon temuriylardan so`ng 
Samarqand va Buxoroni fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida 
rivojlantirishga harakat qildi. 
Ta’lim sohasida ham Shayboniylar islohat o`tkazishiga amaldorlar guruhini 
vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab 
bo`ldi. Islohatga ko`ra ko`p bosqichli o`qitish tizimi joriy etildi: har bir mahallada 
maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi, 6 yoshdan ta’lim 
beriladigan bo`ldi, maktabda 2 yil o`qigach, madrasaga o`tkazilardi. XVI asrda 
Samarqandda Shayboniyxon, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va 
Ko`kaldosh madrasalari qurildi va faoliyat yuritdi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim 
joriy etildi: har bir bosqichda 7 yildan, 21 yil davom etardi. O`quvchilar: ilohiyat, 
hisob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’riyat san’atidan ilm olardilar. Ta’lim 
olishga hammaning ham imkoni bo`lmas edi.
Ilm-fanning shayboniylar davrida ma’lum darajada rivojlangan sohalari: 
tibbiyot, matematika va astronomiya edi, ayniqsa tarix va tibbiyot boshqa 
sohalarga qaraganda ildamroq rivojlandi. Tibbiyot sohasida Muhammad Mazid 
“tabiblar iftixori” deb sharaflangan, jarroh mavlono Baqo, ko`z kasalliklarini 
davolashda SHohali ibn Sulaymon, “Davolash bo`yicha dastur” asari muallifi 
Sultonali Samarqandiy, “Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob” degan asar yozgan 
Ubaydulloh Qahhol mashhur bo`lgan. Matematika ilmiga Muhammad Amin, 
Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkabiy; Astronomiya ilmiga Muhammad 


156 
Husayni Buxoriy “Qibla tomonni topish ma’rifati”, Ahmad Fariziy “Oy 
fazolarining tengligi haqida risola” kabi asari bilan hissa qo`shdi. 
Tarix fani sohasida Shayboniylar davrida yirik tarixiy asarlar yaratilgan: 
Kamoliddin Binoiy “Shayboniynoma”, Muhammad Solih “Shayboniynoma”, 
Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy», Fazlulloh ibn Ro`zbexon “Mehmonnamayi 
Buxoro”, Hofiz Tanish Buxoriy «Abdullanoma», “Sharhnomayi shohiy”, Sulton 
Muhammad Hofiz Toshkandiy «Tarixi jadidayi Toshkand» asarini yozgan.
Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asari Dashti Qipchoq va 
Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan voqealarni 
o`z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o`rtasidagi 
munosabatlar haqida ma’lumot beradi. M.Solihning “Shayboniynoma” asari 
o`zbek tilida yozilgan bo`lib, Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag’ishlangan. 
Hofiz Tanish Buxoriy «Abdullanoma» asarini Chingizxonning Movarounnahr, 
Chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon 
davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o`limidan 
so`ng Movarounnahrdagi ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish 
yo`lidagi kurashi tarixiga bag’ishlangan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling