99
shakllanadi, bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» deb ataldi. Antropologlar
ta’kidlashicha, shu davrda O`rta Osiyo aholisining tashqi qiyofalarida hozirgi
o`zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofasi to`liq shakllandi.
O`zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi
etnik guruhlar kushonlar
hamda IV-V asrlarda O`rta Osiyoning markaziy viloyatlariga kirib kelgan
xioniylar, kidariylar va eftallardir. Turk xoqonligi davrida O`rta Osiyoning
markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib o`troqlashgan
turkiy qabilalar
o`zbeklarning etnogeneziga faol ta’sir ko`rsatdi. Turkiy elatlar va mahalliy aholi
o`rtasidagi etnik-madaniy munosabatlar rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy
yutuqlarining mahalliy madaniy-xo`jalik an’analari bilan jadal uyg’unlashuvi yuz
berdi. Bu o`lka VII asrdan «
Turkiston» (turkiy aholi o`rnashgan o`lka) nomi bilan
atala boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: