Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Movarounnahr va Xorazm madaniyatida yangi davr
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Movarounnahr va Xorazm madaniyatida yangi davr
(IX - XIII asr boshlari) Madaniy va ma’naviy uyg’onish. IX asrning 2-yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar davrida Madaniyat rivoji uchun keng yo`l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Nishopur shaharlari ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg’onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do`konlari qurilgan. 1004 yil shakllangan «Dorul hikma va maorif» (Bilimdonlik va maorif uyi) - «Ma’mun akademiyasi» asosini Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Hammor (991-1048), Masihiy (970-1011), Beruniy (973 –1048), ibn Sino (980-1037) tashkil etgan. Mahmud G’aznaviy 1017 yil Xorazmga bostirib kirib, olimlarning ko`pchiligini G’azna shahriga olib ketgach «Dorul hikma va maorif» faoliyati tugatilgan. 1997 yil 11 noyabrda Prezidentning «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g’risida»gi farmoni chiqdi. 2006 yil kuzida «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi. Abu Nasr Forobiy (873-950) Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug’ilgan. U avval Forobda, so`ngra Samarqand, Buxoro va Bag’dodda bilim olgan, umrining oxirida Xalab va Damashqda yashagan. Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik, adabiyot sohalarida ijod qilgan. U 160 dan ortiq asar yozgan, jumladan Arastuning «Metafizika» asariga sharh», Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri». Forobiy Sharqda Arastu (Aristotel)dan keyin - «Muallimus Soniy» nomi bilan shuhrat topdi. 94 Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida tug’ilgan. Maktabni bitirgach ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o`rganadi. 16 yoshidan boshlab turli fanlar bo`yicha Sharq va G’arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o`rganadi. Ayniqsa tabobat ilmi bo`yicha qadimgi allomalar Gippokrat va Galen, o`rta asr Sharq hakami Abu Bakr ar-Roziy (865-925) asarlarini puxta o`rganadi. Ibn Sino 17 yoshida e’tiborli hakim va olim bo`lib etishdi. U amir Nuh ibn Mansurni da’volab somoniylar saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino Gurganch (Urganch)dagi Xorazm Ma’mun akademiyasida ijod qiladi, u 1037 yil Hamadonda vafot etgan. Ibn Sino 450 dan ortiq, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al-qonun fit-tib» (Tib qonunlari) asarida kasallik sabablari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o`simliklar va dorilarning xususiyatlari, parhez, salomatlik uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi masalalarga e’tibor berilgan. Uning «Al- qonun fit-tib» asari XII asrda lotinchaga tarjima bo`lib XVII asrgacha Evropa tabobatida asosiy qo`llanma sifatida foydalanilgan. Ibn Sino Sharqda «Shayx ur- rais», G’arbda «Avisenna» nomi bilan mashhur bo`lgan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Kat shahrida tug’ilib, Urganchda ta’lim olgan. Abul Abbos Ma’mun II saroyida olimlar bilan «Ma’mun akademiyasi»da ijod qilgan. Beruniy 1017 yil Mahmud G’aznaviyning talabi bilan G’azna shahriga boradi va umrining oxirigacha G’aznada yashagan. Beruniy falakiyot, geografiya, matematika, tarix fanlari bo`yicha 160 dan ortiq asar yozgan. Yirik asarlari «O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya». Beruniy astranomiyaga oid asarlarida Kopernikdan besh asr oldin erning quyosh atrofida aylanishini 1-bo`lib ilgari surdi; erning dumaloq shaklda ekanini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari va kattaliklari qayd etilgan jadval va dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniy nomiga shaharlar, Sharqshunoslik instituti, Texnika universiteti, Beruniy nomida Davlat mukofoti tasis etilgan. 95 Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tug’ilgan. U Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag’dod, Hirot, Makkada shaharlarida yashab arab tili, adabiyoti, maqollari, urf-odatlarini; diniy ilmlarni, xattotlik san’atini chuqur o`rgandi, u mintaqa geografiyasiga oid ma’lumotlar to`playdi. Zamaxshariy 50 dan ortiq asarlar yozgan bo`lib, u «Arab va g’ayriarablar ustozi», «Xorazm faxri» nomlari bilan ulug’langan. Uning ayniqsa arab tili fonetikasi va morfologiyasiga oid «Al-mufassal», Qur’on tafsiriga oid «Al- kashshof» asarlari musulmon olamida mashhurdir. Qohiradagi Al-Azxar dorilfununi Qur’on tafsirini «Al-kashshof» asosida o`rganadi. Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197) Rishtonda (Farg’ona) tug’ilgan, u 4 jildlik «Hidoya» asarini yozgan mashhur faqih (huquqshunos) olimi. Al- Marg’inoniyning bir qancha tillarga tarjima qilingan «Hidoya» asari bir necha asrlar davomida islom huquqshunosligi bo`yicha nazariy va amaliy qo`llanma bo`lib kelmoqda, 2000 yil uning 910 yilligi nishonlandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling