Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki va tashqi savdo
Hunarmandchilikning to`qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik,
zargarlik, shishasozlik, duradgorlik kabi turlari Movorounnahr va Xorazm shaharlarida rivojlangan. Shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o`zgarib katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad ko`tardi. Endilikda shaharlar 10 dan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylandi. Shaharning do`nglik erida joylashgan arkda podsho qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tanga chiqaradigan zarbxona va qamoqxona bo`lardi. SHahar markazida: registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi; amirzodalar, saroy a’yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning qasrlari; qurol, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar; hunarmandchilik do`konlari va savdo rastalari joylashgan. Samarqandda yuqori navli qog’oz ishlab chiqilar edi. Shosh - ko`nchilik mahsulotlari va charim mollari bilan, Iloq - kumush va qo`rg’oshin konlari, kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda - qayiqsozlik taraqqiy qiladi (Termizda ham yasalgan). Buxoroning Zandana qishlog’ida to`qilgan mallarang bo`z «Zandanachi», Samarqandning Vador qishlog’ida to`qilgan «Vadoriy» matolar SHarqda mashhur bo`lgan. Konchilik IX-X asrlarda taraqqiy qilib, Zarafshon va Farg’ona vodiysi tog’laridan temir, qo`rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Farg’onadan toshko`mir va neft’ topib ishlatilgan. Eloq viloyati kumush va qo`rg’oshin qazib olish markazlardan biri edi. 81 Ichki va tashqi savdo IX-X asrlarda kengayib, qadimgi karvon yo`li bo`ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o`tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Shimoliy yo`l orqali Janubiy Sibir va Mo`g’ilistonga Movarounnahrdan bo`z, kiyim, egar-jabduq, qilich, idish, zargarlik buyumlari, dori, quruq meva, kunjut, zig’ir moyi olib borilgan. Sibirdan turli qimmatbaho mo`ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Itil, Xazar va Bulg’orga Movarounnahr va Xorazmdan guruch, quruq mevalar shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, kimxob, gilamlar olib borib sotilgan; Bulg’or va Xazardan mo`yna, sham, cho`qqi qalpoqlar keltirilgan. Olimlar aytishicha VII-IX asrlarda Xitoy bilan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o`rinda turgan. Har bir ot Xitoy bozorida (to`pi 12,8 m.) 50 o`ram ipak matoga ayirbosh (barter) qilingan. Har bir otning narxi 56 kg. oliy navli choyga teng bo`lgan. Bir necha «jin» (600 g) choyga bir bosh qo`y almashtirilgan. Xitoyga shisha va shisha buyumlar chiqargan. VII-VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha», «ming» deyilgan xushbo`y choy o`simligi va seleksiyasi Sharqiy Turkiston orqali Turkiston va boshqa mamlakatlarga tarqalib chanqoqbosdi ichimlikka aylangan. Pul. Ichki bozorda «fals» deb atalgan mis chaqa, Xalqaro savdoda kumush tanga - dirham ishlatilgan. Mis chaqalarni markaziy hokimiyat ham, shuningdek sulola a’zolaridan bo`lgan ba’zi mahalliy viloyat hokimlari ham chiqarar edi. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig’i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so`qilar edi. Somoniylar «ismoiliy», «muhammadiy» nomli kumush dirhamlar chiqargan. Yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilgan «Ismoiliy» tangasi asosan xalqaro savdoda ishlatilgan. Somoniy Abdumalik bin Nuh 961-962 yy. Samarqandda tanga zarb qilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling