Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ismoil Somoniy
Somoniylar davlati
Somoniylar hukmronligi. IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o`zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so`ngra Ahmad boshchilik qildi, ular o`z nomidan mis chaqa zarb etadi. Ahmad vafotidan (865) so`ng o`g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va Xurosondan ajratib olish choralarini ko`radi. Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari IX asr oxirgi choragida somoniylar tasarrufiga o`tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Aka-uka Nasr va Ismoil o`rtasida taxt uchun kurash boshlanib Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil 888 yil butun Movarounnahrni birlashtirdi. Ismoil Somoniy o`rta asrlarning qobiliyatli, serg’aryrat va zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. U shimoli-sharqiy hududlarga yurish qilib, 893 yil Taroz shahrini zabt etdi va dashtliklarga zarba berdi. Movarounnahrning mustaqillikka erishishi Arab xalifaligiga yoqmas edi. Bir tomondan undirib olinadigan boylikdan mahrum bo`lishi ranjitsa, ikkinchi tomondan cho`chitar ham edi. Xalifalik bu boy viloyatlarga o`z ta’sirini qayta tiklashga urinib, safforiylar bilan somoniylarni to`qnashtirib, ikkisini ham zaiflashtirishga harakat qildi. Xalifa Mu’tazid (892-902) Safforiylar hukmdori Amir ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Safforiylar va Somoniylar o`rtasida 900 yil bo`lgan jangda Ismoil g’alaba qildi. Xuroson somoniylar qo`l ostiga o`tadi, xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo`ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni birlashtirdi, Buxoro shahri poytaxt bo`ldi. Somoniylar mamlakat boshqaruvida dastlab ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdi: u amir dargohi va devon (vazirlik)lardan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami, saroy a’yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo`lgan. 79 Narshaxiyning yozishicha Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi 10 ta devon orqali idora etilgan. Vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilgan, mahkama mana shu maxsus binoda joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallagan, Qur’on va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo`lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling