Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

«Oq kiyimlilar» qo`zg’oloni 
Movarounnahrda 769-783 yy. juda katta xalq qo`zg’oloni bo`lgan. 
Qo`zg’olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda «Oq kiyimlilar» qo`zg’oloni 


73 
nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna - Niqobdor deb atalgan 
Marvlik hunarmand Xoshim ibn Hakim edi. Muqanna Marv shahri yaqinidagi 
Koza qishlog’ida tug’ilgan; u yuziga ko`k parda tutib yurgani uchun «Muqanna» 
ya’ni «Niqobdor» laqabi bilan atalgan.
Muqanna yoshligida kudungarlik (matoga ohor beruvchi) kasbi bilan 
shug’ullangan, u savodli, aqilli va tadbirkor bo`lgan. Muqanna Xurosonda sarxang 
(kichik lashkarboshi)likdan vazirlik darajasigacha ko`tarilgan. Muqanna Mazdak 
g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni 
targ’ib etgan. U Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg’ambarlik da’vo 
qilgani uchun zindonga tashlangan. Muqanna qochib Marvga kelgach o`z 
tarafdorlarini to`plab ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo`zg’alishga 
da’vat qiladi. U o`z targ’ibotchlarini Movarounnahr viloyatlariga yuborgan: uning 
targ’iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi.
Qo`zg’olon boshlanishi. Qo`zg’olonga rahbarlik qilish uchun Muqanna 
Marvdan Sug’dga yo`l oladi va Amudaryoning o`ng qirg’og’iga o`tib, Naxshab va 
Kesh shahriga etib boradi. U Kesh yaqinida tog’ tepasidagi Som qal’asini o`z 
qarorgohiga aylantirdi. Muqannaga ko`pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar 
hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar ergashadi. Tez orada butun 
Qashqadaryo vohasi Muqanna tarafdorlari qo`liga o`tadi. «Oq kiyimlilar» harakati 
kengayib xalq qo`zg’oloniga aylanadi. Qo`zg’olon ayniqsa Movarounnarrning 
markazi Sug’dda avj oladi. Qo`zg’olon Eloq (Ohongaron) vodiysi va Shoshga ham 
o`z tasirini o`tkazadi.
Qo`zg’olonga zarba berish uchun xalifa Mansur 775 yil Jabroil ibn Yahyo 
boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. U katta talofat berib 
zo`rg’a Samarqanddagi arab qo`shinlariga kelib qo`shiladi. Qo`zg’olonchilar 
yordamga kelayotgan arab qo`shinlarini Termiz yaqinida tor-mor qiladi. Naxshob 
va Chag’oniyon vohalari qo`zg’olonchilar qo`liga o`tadi. «Oq kiyimlilar» 
qo`zg’oloni 776 yildan boshlab Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal’asi 
qarorgohga aylantirildi, unda qo`zg’olonchilarning katta qismi to`plangan. 
Qo`zg’olonchilar 4 oy davom etgan kurashdan so`ng mag’lubiyatga uchraydi.


74 
Arablar endi asosiy kuchni Samarqand va Keshga tashlaydi. «Oq kiyimlilar» 
va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi ikki yil jang qildi. 
Qo`zg’olonchilar engilib, Samarqand taslim bo`ldi. Narshax va Samarqandda «Oq 
kiyimlilar» engilgach, arablarga mahalliy mulkdor tabaqa vakillari yordam bera 
boshlaydi. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo`lib o`tadi. Muqannaning 
Som qal’asidagi qarorgohi 783 yil qamalga olinadi, uzoq davom etgan qamaldan 
so`ng muqannachilar taslim bo`ladi. Arablarga taslim bo`lishni istamagan 
Muqanna o`zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo`ladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling