Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Abu Muslim qo`zg’oloni 
Abu Muslimni dastlab arab zodogonlari, so`ng mahalliy dehqonlar qo`lab-
quvatlaydi. Ummaviylarga qarshi tashviqot Xuroson, Movarounnahr va Toxariston 
viloyatlariga tarqaladi. Qo`shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal’asiga 
to`planadi. Abu Muslim qo`shiniga qo`shilgan kishilarga avval 3, so`ng 5 
dirhamdan maosh to`lagan. Ro`yxatdan o`tgan kishilarning katta qismi har 
tomondan kelgan qullar edi. Qullar past tabaqa bo`lib, qullar bilan bir safda turish 
boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligini hisobga olgan Abu Muslim qullar 
uchun Shavval qishlog’ida maxsus joy tashkil ettiradi va qullarga Dovud ismli 
targ’ibotchini boshliq qilib tayinlaydi.
Qo`zg’olonchilarning maqsadi. Qo`zg’olonchilar safida arab zodagonlari
Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik Sharqidagi 
mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari, qullar bor edi. 
Ularning maqsadlari ham har xil edi: arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga 
olib berib, mamlakatda o`z mavqelarini ko`tarmoqchi edi; mahalliy mulkdorlar 


72 
siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa mamlakatni xalifalikdan 
ajratib, mustaqil idora qilishni maqsad qilgan edi; mehnat ahli ummaviylarning 
zulmi, og’ir soliqlar va majburiy hasharlardan, qullar qullikdan qutilish orzusiida 
edi. Qo`zg’olonchilar qora libosda edi, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, 
zabardast kuch bayrog’i, jangda ummaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini 
anglatgan. 
Abbosiylar davrida Movarounnahr. Abu Muslim 747 yil aholini 
ummaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi. 748 yil boshida Xuroson poytaxti 
Marv shahrini egallaydi. 749 yil xalifa Marvon II taxtdan ag’darildi. Abbosiylar 
sulolasi vakili Abul Abbos Saffox (750-754) xalifalik taxtiga chiqdi. Biroq xalqqa 
berilgan va’dalar bajarilmadi. 
Abu Muslim Bag’dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga 
tayinlanadi. Abbosiylar Abu Muslimning obro`yi oshib borayotganidan xavfsirab, 
uni Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboradi. Abbosiylarga qarshi 
qo`zg’olonlardan biri 750 yil Buxoroda bo`ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar 
yordami bilan qo`zg’olonni bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan 
foydalanib Xitoy Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn 
Solih boshchiligida yuborilgan arab, sug’d, turklardan iborat harbiy kuch 751 yil 
Talosda Xitoyliklarga zarba beradi.
Abu Muslim sidqidildan xizmat qilsada, ammo Abbosiylar unga ishonmas 
edi. Xalifa buyrug’iga binoan Abu Muslim 755 yil o`ldiriladi. Abu Muslimning 
o`ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga 
qarshi xalq harakati avj olishiga bahona bo`ldi. Abu Muslim qo`zg’oloni 747-749 
yy. Xuroson va Movarounnahrda bo`ldi, natijada Ummaviylar (661-750) o`rniga 
Abbosiylar (750-1258) sulolasi hokimiyatga keldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling