70
arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy
xalqlardan xiroj va
jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi. Movarounnahr zodagonlari o`zlarini haqiqiy
musulmon deb hisoblab soliq to`lamay qo`ygach Xalifalik ma’muriyati bir yo`la
hammadan jiz’ya olish haqida buyruq beradi. Yana jiz’ya
olinishi natijasida
Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlangach
mahalliy mulkdorlar va arab ma’muriyati o`rtasida ziddiyat keskinlashib, xalq
qo`zg’olon ko`taradi.
Qo`zg’olonlar boshlanishi. Bunday qo`zg’olonlardan biri 720 yil Sug’dda
boshlandi. Qo`zg’olonga Sug’d ixshidi
G’urak va Panjikent hokimi Divashtich
rahbarlik qilgan. Sug’dliklarga Ettisuvdan turk lashkarlari yordamga keladi,
birlashgan kuchlar arablarga qattiq zarba beradilar. SHahar va qal’alar
ichida
qurshovda qolgan arablar katta o`lpon va e’tiborli vakillarini qo`zg’olonchilarga
garovga berish bilan jon saqlaydilar. Xurosonga 721 yil
Said Xaroshiy noib etib
tayinlandi. Unga qo`zg’olonni bostirish va sug’dliklarni islomga qaytarish vazifasi
topshiriladi. Xo`jandda bo`lgan jangda qo`zg’olonchilar engiladi. Said Xarashiy
Movarounnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi.
Biroq
qo`zg’olnni to`la bostiraolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: