Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mahalliy hokimliklar 
V-VII asrlarda mamlakat bir qancha hokimliklarga bo`linib ketadi. Viloyat 
va yirik shaharlardan iborat 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi. Bu 
viloyat hokimliklari avval eftallar, so`ngra Turk xoqonligiga bo`ysungan. Ammo 
eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga aralashmaydi. 
Hokimliklar markaziy hokimiyatga boj to`lab turish bilan o`z mustaqilliklarini 
ma’lum darajada saqlab qoladi.
Sug’d. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug’d ixshidlari - voha 
hukmdorlari edi. O`rta asr davlatlari ittifoqida Sug’d ixshidlari katta siyosiy 
nufuzga ega edi. Bu ittifoqda Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining 11 ta yirik 
mulklari birlashgan edi. Ularning har biri o`z hokimi, harbiy chokarlari va mis 
puliga ega edi. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruhi xotirasi ibodatxonasi bino 


61 
qilingan. Har yili unda o`tkaziladigan xotira marosimida viloyat hukmdorlarining 
barchasi ishtirok etardi.
Sug’dda aholi gavjum yashagan. Sug’diylar dehqonchilik va bog’dorchilik, 
ayniqsa uzumchilikda nihoyatda sohibkor edi. Chorvachilikda Sug’dning xisori 
qo`ylari va tulporlari juda mashhur edi. Sug’d shaharlari bu davrda 
hunarmandchilik markaziga aylanadi. 718 yil hadya tariqasida Samarqanddan 
yuborilgan dubulg’adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo`shinini temir qalpoq 
(dubulg’a) bilan ta’minlagan. Sug’d tog’laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuz 
kovlab olinardi.
Toxaristonda nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi joylashgan. 
Ular 27 tog’ va tog’oldi viloyatlaridan iborat edi. Toxariston poytaxti Balx shahri 
bo`lgan. Toxariston avval eftallar, so`ngra Turk xoqonligi tomonidan 
bo`ysundiriladi. Tohariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan, 25 harfli yozuv 
bo`lgan. Aholisining asosiy qismi o`troq dehqonchilik bilan shug’ullangan,
ayniqsa qurolsozlik yuksalgan.
Hozirgi janubiy O`zbekiston va Tojikiston, Shimoliy Afg’onistonni o`z 
ichiga olgan bu viloyat shimolda Hisor tog’lari, janubda Hindikush, g’arbda 
Murg’ob va Xerurud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi 
mil. avv. II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila - yuechjilar 
nomidan olingan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan 
savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan, o`z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida 
yurgan. Toxariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlari tarqalishida 
muhim rol o`ynagan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling