Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Savdo va pul muomalasi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo`lgan eftallar 
«Ipak yo`li»ni o`z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Eftallar Xitoy
Hindiston, Eron va Vizantiya bilan xalqaro savdoda faol qatnashardi. Ipak yo`li 
savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug’diylar vositachilik 
rolini o`ynardi.
Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda tanga pul 
muomalasi tartibga solinadi. Ichki va tashqi savdoda eftallar dastavval Sosoniy 
hukmdorlarning kumush tangalaridan keng foydalangan. Buxoro, Poykand, 
Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar chiqargan chaqa 
tangalar ichki savdoda keng muomalada bo`lgan. Bu mahalliy voha hokimlari katta 
nufuzga ega ekanidan dalolat beradi.
Eftallar davrida aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlik kuchayib borishi 
sababli davlat boshqaruvida qonun-qoidalar paydo bo`lgan. Davlat harbiy kuchga 
tayangan, jinoyat uchun qattiq jazo belgilangan.
Hayotiy o`zgarishlar. Ko`chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari 
atrofiga kelib o`troqlashishi bilan ma’lum darajada dasht udumlari va e’tiqodiy 
tasavvurlari o`troq aholining hayotiga kirib bordi. Asriy madaniy ana’nalari kuchli 
bo`lgan Toxoriston va Sharqiy Sug’d vohalarida ko`chmanchilar tez orada 
o`troqlashdi. Samarqand, Buxoro, Naxshab, Choch (Toshkent) kabi dehqonchilik 
vohalarida baland poydevor ustiga bino qilingan istehkomli qasrlar va qo`rg’onlar 
qad ko`tardi. Ularning ayrimlari ikki qavatli bo`lib, yuqorisiga pandus (qiya 
ko`tarma yo`lak) orqali chiqilgan.
Til va madaniy aloqalar. O`rta Osiyo aholisi turli tillarda so`zlashgan. 
Chorvador aholi o`rtasida turkiy til muhiti hukmron edi. O`troq aholining bir qismi 
sug’d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so`zlashgan. Bu davrda sug’d tili xalqaro 
savdo tili sifatida Farg’ona va Ettisuv orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyga etib 
borgan. V-VI asrlarda Sug’d, Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan edi. Eftallar xati 
Baqtriya yozuvi asosida paydo bo`lgan. Eftallar yozuvi 25 harfdan iborat bo`lgan, 
xat chapdan o`ngga tomon ko`ndalangiga yozilgan. 


56 
Eftallar o`t (olov) va quyoshga sig’inuvchi otashparast bo`lgan. Markaziy 
Osiyodagi boshqa xalqlar budda, nasroniy va zardusht dinlariga e’tiqod qilgan. 
Ularning so`nggi avlodlari o`zbek, turkman va turk elatlari tarkibiga singgib 
ketgan. Zamonamizgacha turkman va anatoliyalik turklar tarkibida «abdal» nomli 
etnik guruh saqlangan. Turkiy dunyo Evroosiyoda muqim o`rin egallagan. 
Bu davrda iqtisodiy va madaniy aloqalar Xitoy, Hindiston va Eron bilan 
kengayib boradi. O`rta Osiyo shishasozlari V asrda Xitoy hunarmandlarga rangli 
shisha va shisha buyumlar yasashni o`rgatadi. O`rta Osiyo shishasi rangdorligi, 
yarqiroqligi, tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy 
imperatorlari o`z saroylarini bezashda O`rta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan 
foydalangan. O`rta Osiyoning madaniy an’analari qo`shni mamlakatlar, xususan 
Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib shakllandi.
(Eftallar hukmdori Mihirakula tanga zarb qilgan. Chag’oniyon jez tangasida 
qo`sh tasviri bo`lgan.) 
Tayanch so`zlar va atamalar: Afrig’, Kidar, Grumbat. Vaxshunvar; Shopur, 
Pero`z, Kubod, Anushervon; Xarkon (Kaspiy), Zog’ariq (Zovariq), Bo`zsuv, 
Darg’om. 
Charxpalak - sug’orish inshooti. Obikor – sug’oriladigan er maydoni. 
Dehqon (qishloq hokimi) - ilk o`rta asrlarda mulkdor tabaqa. Koshavarz - ziroatchi 
oddiy qo`shchilar. Kadivar - qishloqning dehqonlarga qaram ahlisi. CHokar - 
dehqon mulkini qo`riqlovchi, harbiy posbon. Objuvoz – suv kuchi bilan yuradigan, 
sholi oqlaydigan qurilma. Moyjuvoz – o`simlik urug’idan moy oladigan qurilma. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling