Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
G’arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`ng yabg’u
- Ijtimoiy hayot
G’arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi. G’arbiy turk hoqonligi tasarrufiga
O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirgan, uning markazi Ettisuv edi. SHarqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko`chmanchi edi. G’arbiy hoqonlik aholisining katta qismi dehqonchilik, chorvachilik va savdo bilan mashg’ul edi. G’arbiy xoqonlik VII asrning birinchi choragida kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda Sind daryosigacha bo`lgan. Xoqon To`ng yabg’u (618-630) davrida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish uchun mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning «yabg’u» unvoni beriladi, natijada ular xoqonning noibi (vakili)ga aylanadi. O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi, ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. G’arbiy Turk hoqonligi ichki kurash oqibatida zaiflashib boradi. Ijtimoiy hayot. Turk xoqonligi aholisining hayoti va xo`jaligi turlicha edi. Kuchmanchilarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo`lgan. G’arbiy xoqonlikning o`troq aholisi madaniy jihatdan ilg’or bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy turmushda etakchi rol o`ynagan. Xoqonlikda shahar va qishloqlar ko`p bo`lib, aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullangan. Turk hunarmandlari yasagan buyumlar, zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg’ona va Sug’dda oltin, mis, temir va simob; Eloqda qo`rg’oshin, kumush va oltin qazib olinardi. 60 Shahar aholisining asosiy mashg’ulotlaridan yana biri ichki va tashqi savdo edi. Sug’d savdogarlarining mavqei baland edi. VII asrning birinchi yarmida G’arbiy turk hoqonligi va Xitoy o`rtasida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Xitoyga 9 marta savdo elchiligi yuborildi. 627 yil Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Ustrushona (Jizzax va O`ratepa)dan birlashgan savdo karvoni Xitoyga etib borgan. O`rta Osida VI-VII asrlarda dehqonlar tomonidan erlarni egallash jarayoni avj olib, zulm kuchayadi. Er va suvdan ajralib qashshoqlashgan ozod ziroatkor - kashovarzlar mulkdor dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, zulm va dehqonlar asoratiga qarshi 585-586 yy. Buxoroda xalq qo`zg’olon ko`tardi. Qo`zg’olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qilgan. Vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Turkiston va Taroz atrofiga borib o`rnashadi. Ular turk xoqonidan yordam so`raydilar. Turk hoqoni Qoracho`rin o`g’li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo`shin yuboradi. Abro`y o`ldirildi va qo`zg’olon bostirildi, kadivar va xizmatkorlar dehqonlarga qaytariladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling