Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI-VII asrlarda madaniyat. Yozuv
Shahar me’morchiligi. O`rta Osiyoda V-VII asrlarda shahar va
qishloqlarning qiyofasiga, aholisining turmush tarzi va ahvoliga: 1) erga egalik qilish munosabatlarining o`rnatilishi va mustahkamlanib borishi; 2) ko`chmanchi chorvadorlarning kirib kelishi va o`troqlashuvi, jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Buning 63 oqibatida ziroatkor erlar kengayib, dehqonchilik vohalarining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. Tog’oldi erlarga suv chiqarilib, yangi erlar o`zlashtirildi, shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda Ko`shk, Qasr, Qo`rg’on va Qo`rg’oncha kabi istehkomli turar joylar qad ko`tardi. Istehkomli qasr, qo`rg’on va ko`shklar asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to`planadigan joy, ma’muriy markaz, oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor vazifasini o`tagan. O`rta asrlarda shaharlar 3 qismdan iborat bo`lib, ular ko`handiz, shaxriston, rabod deb yuritilgan. Uchala qism ham alohida devor bilan o`ralgan va bir nechta darvozasi bo`lgan. Shahar devorlari bo`ylab oqib o`tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O`rta asr arab mualliflari (Ibn Xavqal, Ishtaxriy) Binkat (Toshkent)ning 22 ta darvozasi bo`lganini qayd etadi. VI-VII asrlarda madaniyat. Yozuv. Bu davrda Sug’d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo`lgan. Sug’d va Xorazm yozuvchilari oromiy yozuvi asosida yuzaga kelgan. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Xat, hujjat va axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog’och, sopolga va kamdan-kam qog’ozga bitilgan. Qog’oz nixoyatda qimmatbaho bo`lganligi uchun kam ishlatilgan. Ayrim bitiklar podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilgan. Ular orasida elchilik maktublari, xo`jalik kirim-chiqimlari, yuridik shartnomalar, astranomik hujjat, tarixiy yodnomalar, diniy aqidalar bitilgan qo`lyozmalar bor. Sug’d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida va Afrosiyobda saqlanib qolgan. Ularda Sug’dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodi xususida ma’lumot keltirilgan. Sug’dda o`g’il bolaga 5 yoshdan yozuv va hisob o`rgatilgan, 20 yoshdan savdoni o`rganish uchun boshqa mamlakatga jo`natilgan. (VIII asrga oid Sug’diy qo`lyozma parchasi topilgan.) Uyg’ur va Turk yozuvlari Sug’d xati asosida shakllangan. Uyg’ur yozuvidan keyinchalik mo`g’ul va manjur xatlari paydo bo`lgan. Sug’diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarargohida yashagan, ularning ayrimlari saroy 64 a’yonlari va ma’murlari qatoridan o`rin egallab, maslahatchi, elchi, xat va savodga o`rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar. Turkiy run (ko`kturk) xati ham keng qo`llanilgan, bu yozuv biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harfdan iborat bo`lib, u tosh va yog’ochga o`yib yozishga qulay edi. Ko`kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy, Sharqiy Turkiston, Ettisuv, Farg’ona va Zarafshon vodiylaridan topilgan. Ular qabrtoshlari, sopol va metal buyumlar, yog’och hamda tanga pullarga bitilgan. Ilk o`rta asrlarda yurtimizda sug’d, xorazm, toxar, turkiy run (ko`kturk) yozuvlari mavjud bo`lgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling