Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Qadimgi Xorazm, Qang’, Davan, Kushon davlatlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Qadimgi Xorazm, Qang’, Davan, Kushon davlatlari.
Buyuk Ipak yo`li. 
Xorazm mil. av. IV asrda Ahamoniylar davlatidan mustaqil bo`ldi. 
Aleksandar va Salavkiylar davrida Xorazm davlati mustaqil edi. Xorazm aholisi 
xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil qilgan. Xorazmda shaharsozlik 
boshlanishi mil. avv. VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri). Mahalliy 
hukmdorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal’a (Qal’aliqir shahari) qurilgan. Mil. avv. 
III-II asrlarda Jonbosqal’a Xorazmning qadimgi shahari bo`lgan. Qo`yqirilganqal’a 
xarobalari ostidan aylana shaklida qurilgan ibodatxona qoldiqlari topilgan.
Milodiy II-III asrda Tuproqqal’a shahrida bundan ham ulug’vor va 
mustahkam qurilish ishlari amalga oshirilgan. Tuproqqal’a shahri mudofaa devori 
bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha 
shaharni ikkiga bo`lgan, undan atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan 
ajralib turgan. Markaziy maydonda saroy va ibodatxonalar joylashgan. 
Tuproqqal’a qasridagi saroy devori shoh, lashkar, sozanda, hayvon va qushlar 
tasviri bilan bezalgan. Zallardan biridagi tokchalarda devor bo`ylab 20 dan ortiq 
bo`yalgan loy haykallar o`rnatilgan.
Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuksak darajada rivoj topgan: 
kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta 
bo`lgan. Xorazm aholisi So`g’diyona, Marg’iyona, Baqtriya va dasht 
ko`chmanchilar bilan savdo o`rnatgan. Xorazmdan mil. avv. I asrda va milodiy 
dastlabki asrlarda kumush va mis tangalar zarb qilingan.


44 
O`rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan, bular: 
Oybuyirqal’adan (mil. avv. V-IV asrlar) xum sirtiga bitilgan yozuv va 
Qo`yqirilganqal’adan (mil. av. III-II asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. 
Xorazmda milodiy I asrda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan VIII asrgacha 
foydalangan.
Qang’ davlati Xitoy manbalarida Qang’yuy deyilgan, unga mil. avv. III 
asrda saklar asos solgan. Toshkent vohasida mil. avv. III asrda asos solingan 
Qanqa-Qang’xa shahar-qal’asi saklarning o`sha davrdagi poytaxti Qang’dez 
bo`lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang’ davlatining asosiy 
shaharlari Sirdaryo sohillari bo`ylab joylashgan. Mil. avv. II asr oxirida Qang’ 
qudratli davlat birlashmasiga aylanadi, uning hukmdorlari o`z nomidan tanga zarb 
qildirgan. Qang’ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik 
mahallalari barpo etilgan. 
Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Toshkent 
vohasida o`troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan. Uning 
hududidan Buyuk Ipak yo`lining shimoliy tarmog’i o`tganligi davlat iqtisodi 
gullab-yashnashiga imkon yaratdi. Bu hol ko`chmanchi qabilalar bilan urushlarga 
sabab bo`ldi. Bu urushlarda qang’arlar ko`pincha g’olib chiqar edi. Qang’ davlati 
aholisini qang’arlar deb atashgan. Qang’ davlati milodiy III asrda parchalanib 
ketdi.
Davan davlati (Xitoy manbalarida shunday nomlangan) taxminan mil. avv. 
III asrda paydo bo`lib, Farg’ona vodiysida joylashgan. Xitoy hukmdorlarining 
Dovonni bir necha bor bosib olishga urinishi behuda ketdi. Harbiy yurishlarning 
birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo`lga kiritdi, biroq aholisining 
tovon evaziga uni tashlab chiqishgan. Davan davlati Xitoy va SHarqning boshqa 
mamlakatlari bilan bo`lgan xalqaro savdoda muhim o`rin tutgan.
Xitoy hukmdorlarini ko`proq Farg’onaning zotli otlari qiziqtirardi. Ular otlar 
naslining biriga hatto «Samoviy» deb nom bergan. «Samoviy otlar» baquvvat va 
chopqir bo`lgan. Ko`p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko`rgan qurolli 
kuchlarga ega bo`lgan Davan mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga 


45 
aylangan. Davan davlatining Sho`rabashat, Uchqo`rg’on kabi shaharlari atrofidagi 
aholi erni ishlash, sholi va bug’doy etishtirish, bog’dorchilik va uzum etishtirishda 
katta yutuqqa erishgan. Davan davlati milodiy III asrda barham topgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling