Mil. avv. VI-IV asrlar madaniyati yozma va arxeologik manbalar asosida
o`rganilgan. Ular O`rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik,
kulolchilik va binokorlik sohalarida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi.
Qiziltepa, Uzunqir, Erqo`rg’on, Afrasiyob kabi yirik qadimiy shahar-qal’alar
rivojlangan. Yozma manbalarda oltin, kumush, la’l, firuza ma’danlari qazib
olingani, hunarmandchilik rivojlangani, O`rta Osiyoning Sharq mamlakatlari bilan
olib borgan savdo ishlari haqida xabar beriladi.
Mil. avv. V-IV asrlarda O`rta Osiyoda dastlabki tanga pullar tarqalgan.
Zargarlik san’ati yuksak rivojlanganiga hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan
1877 yil Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol
bo`la oladi. Har bir shaharda ichki qal’a (ark) bo`lgan. Shahar atofidagi dehqon
xo`jaliklarida ota urug’iga mansub katta oilalar kun kechirishgan. Dehqonlar
qo`rg’onlari uy-joy va xo`jalik xonalaridan iborat bo`lgan. Arxeologlar shahar va
uy-qo`rg’onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhor va ariqlar izlarini topgan.
Yunon-makedon istilochilariga qarshi kurash. O`rta Osiyo jangchilari
mil. avv. VII-IV asrlarda sovut va dubulg’a kiyib, xanjar, jangovar oybolta va
nayza bilan qurollangan. Kamon o`qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan.
Jangchilar otda ham piyoda ham jang qila olgan. Xanjar - aqinak, jangovar oybolta
– sagaris deyilgan. Uzoq masofaga kamondan foydalangan, otlar ustiga temirdan
yasalgan bargustvon yopilgan.
Hujumni suvoriylar boshlab bergan, ular ot choptirib o`q-yoy, nayza yoki
xanjar bilan dushmanga hamla qilgan. Qal’a va shaharlar himoyasida o`q-yoy,
palaxmon foydalangan. Mudofaada tosh va pishirilgan loy to`p o`qlari
qo`llanilgan. Shaharlar burj va shinakli devor bilan o`rab olingan, devorlar tepasida
kamonchilar uchun yo`laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo`ylab joylashgan
dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashgan. Suv to`latilgan xandaq
qal’aga kiradigan yo`lni to`sib turgan.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |