Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Urug’chilik jamiyati
So`nggi paleolit davri (mil. avv. 40 - 12 ming yilliklar)da toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o`zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham o`zgarib borib, bu davrda hozirgi qiyofadagi odam - kromonyon odami yashagan. So`nggi paleolit manzilgohlari Samarqand shahridan, Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi Ko`lbuloq makonidan, Farg’ona vodiysidan topilgan. So`nggi paleolitda odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari; hamda taqinchoqlar - munchoq, tumor va uzuklar ham yasay boshlagan. So`nggi paleolitda insoniyat o`z rivojida yana bir pog’onaga yuksaldi, odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug’ jamoalariga birlashdi. Urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan, bir joyda yashagan bir qancha urug’lar qabilani tashkil etgan. So`nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi - turar joylar qurilishi bo`ldi. Hayvon terisidan kiyim tayyorlagan. So`nggi paleolitda inson sun’iy tarzda olov hosil qilishni ham o`rganib oldi (yog’ochni bir- biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish orqali). Mezolit (o`rta tosh) davri – mil. avv. 12 - 7 ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Mezolit davri boshlanishi bilan muzlik davri tugadi, iqlim isidi va odamlar turmushida o`zgarishlar bo`ldi. Mezolit davrida inson o`q-yoy yasashni o`rganib oldi, natijada chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga keldi. Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladi, ovchilar itni 30 qo`lga o`rgatdi, endi ov qilganda o`lja mo`l bo`ldi. Tiriklay tutib olingan qo`zichoq, uloqcha, to`ng’izchalarni endi o`ldirmasdan zaxira sifati saqlab qo`yadigan bo`ldi. Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi. O`rta Osiyoda mezolit davriga oid 100 dan ziyod manzilgohlar ochilgan. Bunday manzilgohlar Farg’ona vodiysining tog’ va tog’oldi tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O`zbekiston janubida ko`plab uchraydi. Obishir, Qo`shilish, Machay manzilgohlari va Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari mufassal o`rganilgan. Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari, O`zbekistondagi ko`llar va daryolar sohili mezolit davri ovchilari va baliqchilari ko`chib kelib o`rnashgan maskanlarga aylandi. Neolit - yangi tosh davrida Qadimgi SHarqning turli viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo`jalik - dehqonchilik va chorvachilikka o`ta boshlaydi. CHorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir. O`rta Osiyoda neolit davri mil. av. 6 – 4 ming yilliklar hisoblanadi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydi. Neolit davrida odamlar Mezolit davrida kashf qilingan mayda tosh qurollari – mikrolitdan foydalanib, toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo`lmagan: silliqlash va parmalashni usullarini kashf qilishgan. Neolit davrida qabilalar o`troq turmush tarziga o`tib, doimiy turar joylar - paxsadan uylar qura boshlagan, urug’ jamoalarining manzilgohlari shakllanib borgan. O`troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning dehqonchilikka o`tishiga imkon yaratadi. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keldi. Loydan yasalgan va olovda pishirilgan idishlar yasash – kulolchilik, tola va jundan kiyim tayyorlash – to`quvchilik sohalari neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolaridir. Eneolit - mis-tosh asri (mil. av. 4 m. y. - 3 m. y. o`rtalari) - mis qurollar tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilgan davr. Neolit davri oxirida odamlar misdan 31 foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o`tishdi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko`rsatdi. Qadimgi Sharqda mil. av. 4 ming yillikda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O`rta Osiyo janubida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom g’ishtdan ko`p xonali uylar qurildi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvon, qush, o`simlik (yaproq, gul) naqshlari bilan bezatildi. Odamlar misni qalayi, qo`rg’oshin yoki rux bilan qo`shib, bronza olishni o`rganganlar. Bronza (davri mil. av. 3-mingyillik o`rtalari – 2-mingyillik) misdan ko`ra ancha qattiqligi tufayli mil. av. 3 ming yillik o`rtalaridan boshlab mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynatlar tayyorlandi asosiy ashyoga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo`lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo`lga kiritdi. Natijada ortiqcha miqdorda qishloq xo`jalik mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Ko`p davrlar davomida urug’ jamoasidagi muhim ishlar ayollar zimmasida bo`lib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, hayvon terilarini tozalash, kiyim- bosh tayyorlash), jamoada ayniqsa yoshi katta ayollarning mavqei erkaklarnikidan baland bo`lgan. Omoch bilan er haydab ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug’ni etarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo`liga o`tdi. Uy xo`jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi. Endi urug’chilik oilasida erkaklar muhim o`rin tuta boshladi. Qarindoshchilik erkaklar tomonidan belgilanadigan bo`ldi va patriarxat davri boshlandi. Oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topadigan bo`ldi. Patriarxal oila - ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila. Bronza davri manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko`li (Buxoro viloyati Qorako`l tumani) yaqinidan topilgan bo`lib, mil. avv. 3 ming yillik oxiri – 2 ming yillikka oid. Zamonbobo manzilgohidan mis ko`zgular topilgan. Xorazm vohasida ham manzilgohlar o`rganilgan. Surxandaryo 32 vodiysidan (Muzrabod tumani) qadimgi ziroatchilarning Sopollitepa manzilgohi topilgan. Sopollitepadan xom g’ishtdan qurilgan uy-joy, sopol buyumlar, bronza mehnat qurollari va zeb-ziynat yasalgan ustaxona qoldiqlari, yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan. Jarqo`ton manzilgohi Surxon vohasida (hozirgi Sherobod yaqinida) vujudga kelgan. Jarqo`ton qurilishi tarxida ilk shahar alomatlari ko`zga tashlanadi. U 2 qismdan iborat bo`lgan: qal’a va uning atrofida jamoa a’zolari - hunarmand va dehqonlar uylari joylashgan. Jarqo`tonda ibodatxona (ilk) qoldig’i topilgan. Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchiliklar, to`quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etdilar, shu tariqa dastlabki aravalar vujudga kelgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling