Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoevning 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi 2017 yil 22 dekabr’ 
kuni e’lon qilindi. Prezident kirib kelayotgan yangi - 2018 yilni O`zbekistonda 
«Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash 
yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. 
«Bu masala bo`yicha ko`p o`yladik, ko`p maslahatlashdik. Yil davomida 
kelgan ko`plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. Ish o`rinlarini 
yaratmasak odamlar bizdan rozi bo`lmaydi, ko`p muammolar bor yo`l yo`q, svet, 
gaz yo`q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdik-ku? Nom qo`yishda juda 
o`yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko`chaga yozib qo`yish emas bu. Men 
yangi - 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etaman. YAngi 
fikr, g’oya, innovasiya bo`lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni 
bilishi kerak», - dedi prezident. 
O`zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida 
taraqqiyotning muhim yo`nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga 
aylangan. 1997-2019 yillar oralig’ida yillarga quyidagicha nom berilgan: 
2019 yil -«Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili». 
2018 yil - «Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni 
qo`llab-quvvatlash yili». 
2017 yil - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili». 
2016 yil - Sog’lom ona va bola yili. 
2015 yil - Keksalarni e’zozlash yili. 
2014 yil - Sog’lom bola yili. 
2013 yil - Obod turmush yili. 
2012 yil - Mustahkam oila yili. 
2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 
2010 yil - Barkamol avlod yili. 
2009 yil - Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 
2008 yil - YOshlar yili. 


584 
2007 yil - Ijtimoiy himoya yili. 
2006 yil - Homiylar va shifokorlar yili. 
2005 yil - Sihat-salomatlik yili. 
2004 yil - Mehr va muruvvat yili. 
2003 yil - Obod mahalla yili. 
2002 yil - Qariyalarni qadrlash yili. 
2001 yil - Onalar va bolalar yili. 
2000 yil - Sog’lom avlod yili. 
1999 yil - Ayollar yili. 
1998 yil - Oila yili. 
1997 yil - Inson manfaatlari yili. 
O`zbekistonning siyosiy hayotidagi muhim voqea - O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakat parlamenti – Oliy 
Majlisga Murojaatnoma taqdim etildi. Ma’lumki, dunyodagi ko`pchilik taraqqiy 
topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a’zolari huzurida eng 
asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik 
rivojlantirish bo`yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud.
Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli O`zbekistonda olib 
borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga 
g’oyat uyg’un va hamohang bo`lib, ish faoliyatining samaradorligini yanada 
oshirishga xizmat qiladi.
Anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, 
videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy 
Kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo`g’indagi ijro hokimiyati va 
xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik 
vakillari ishtirok etdi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling